Alma’iy
Almaʼiy — (1091-92 yilda vafot etgan) Muhaddis, mufassir, shayx, xatib va voizchi olim.
Alma’iy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, mufassir, shayx, xatib, voiz |
Almaʼiyning toʻliq ismi- Abu Abdulloh Hasan ibn Ali ibn Xalil ibn Jabroil ibn Halil ibn Solih ibn Muhammad Almaʼiy boʻlib koʻplab ilmiy, tarixiy asarlar yozgan. Biroq, juda koʻp sonli Muhammad Paygʻambar (a.s.) hadislari haqidagi rivoyatlari eʼtirof etilmaydi, yaʼni, zaif hadislardir. Alma’iy. Qurʼoni karim bilimdonlaridan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Suriy, Abu Tolib ibn Gʻaylon va boshqalardan tahsil olgan. Abu Nasr Muhammad ibn Maxmud Saromadiy Shujoʻiy va boshqa allomadan hadis tinglab, yozib olganlar. Alma’iy 120 dan ortiq hadis kitoblarini tuzgan.[1]
Adabiyotlar
tahrir- „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
Manbalar
tahrir- ↑ Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J. VI. — B. 21-22.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |