Alouddin Kirmoniy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Oʻz davrida zuhd va taqvoda yagona boʻlgan. Qurʼoni karimni toʻliq yod olgan. Qabri Dehli shahrining markaziy jomeʼ masjidi yonida. Ushbu shayx haqidagi faslni tazkiraga Navoiy oʻzi yozib kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Nasoyim ul-muhabbat".