Alovuddin Posho yoki Alovuddin Bey-usmoniylarning afsonaviy birinchi buyuk vaziri bo'lib, Usmon I va Urxon hukmdorlik qilgan davrda bosh vazir bo'lgan. Usmon bey va Rabia Bala Malhun Hatunning oʻgʻli boʻlib, Söğütda tugʻilgan.

Alovuddin
turkcha: Alaeddin Paşa
 1-Usmoniylar imperiyasining buyuk vaziri
Mansab davri
1320 – 1331gacha
Monarx Usmon I, Urxon
Hukmdor Usmon I
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Nizomuddin Ahmed Posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1280
Vafoti 1331-yil
Bursa
Bolalari Qilichbey
Onasi Rabia Bala Malhun Hatun
Otasi Usmon bey
Dini Islom

Afsona tahrir

Afsonaga ko'ra Alovuddin birinchi hukmdor Usmon I ning o'g'li edi.Aytilishicha, 1326 yilda otasi vafotidan keyin Alovuddin otasining o'rnini egallab olgan, ammo qabilaviy kengash uni rad etib, yanada baquvvat va jangovor yosh ukasi Urxonni tanlagan.Fuqorolik urushi bo'lishini xohlamagan Alouddin qarshilik ko'rsatmagan va ukasidan bosh vazir lavozimini qabul qilgan. Alovuddin Posho 1331-1332-yillar orasida vafot etgan va qabri Urxon[1]. maqbarasida joylashgan.

Avlodlari tahrir

Aloeddin Posho Baladning (ismi noma'lum) qiziga uylangan va bu nikohdan 8 nafarga yaqin farzand ko'rgan. Ular Kilich Bey (o'g'li), Xizir Bey (o'g'li), Mehmed Bey (o'g'li), Ibrohim Bey (o'g'li), Shahi Chalabiy (o'g'li), Taji Xotun (qizi), Aysha Xotun (qizi), Pasha Xotun (qizi) edi.[2]

  • Qilichbey
  • Xizirbey
  • Mexmedbey
  • Ibrohimbey
  • Shohi-Chelebiy
  • Toji-xotun
  • Oysha-xotun
  • Posho-xotun

Manbalar tahrir

  1. İsmail Hâmi Danişmend, Osmanlı Devlet Erkânı, Türkiye Yayınevi, İstanbul, 1971, p. 7.
  2. Alderson 1956, s. 163-164.

Havolalar tahrir