Altimish Satibaldiyev[1] (qirgʻizcha: Алтымыш Салтыбалдиев; 1900-yil, Fargʻona — vafoti maʼlum emas) — Qirgʻiziston SSRning Oʻsh viloyatida joylashgan Koʻmir sanoati vazirligining „Sredazugol“ kombinatiga qarashli Jal konining ishchisi[2]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1948). Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi deputati.

Altimish Satibaldiyev
Tavalludi 1900-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Konchi
Mukofotlari

Tarjimayi holi tahrir

1900-yilda Fargʻona viloyati Gerey-Sho‘ron qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Millati qirgʻiz. Yoshligida otasiga choʻponlik ishlarida yordam bergan. Mehnat faoliyatini 14 yoshli o‘smirlik chog‘ida Qizil-Qiya (hozirgi Qirgʻizistonning Botkent viloyati) vokzalida temir yo‘lda mardikorlik qilishdan boshlagan, yuk koʻtaruvchi boʻlib ishlagan. 1928-yildan faoliyatini konchilik sohasida olib boradi. 1932-yildan boshlab konlarga tushib konchilik ishlarini oʻrganadi. Qizil-Qiya shahridagi „Sredazugol“ konida ishlagan

Altimish Satibaldiyev ikkinchi jahon urushi yillari har smenada koʻmir qazib olish boʻyicha yillik ishlab chiqarish rejasini 130-150 foizga ortigʻi bilan bajardi. Urushdan keyingi yillarda (1946—1950) mingdan ortiq ishlab chiqarish topshiriqlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1948-yil 28-avgustdagi farmoni bilan Altimish Satibaldiyev ko‘mir qazib olishni ko‘paytirish, ko‘mir shaxtalarini tiklash va qurish, mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirishni taʼminlaydigan ilg‘or mehnat usullarini joriy etishdagi ulkan muvaffaqiyatlari uchun Lenin ordeni va „Serp i Molot“ oltin medali, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1948-yilda KPSS(b) safiga kirdi. 1952-yilda Sredazugol konida burgʻulovchi vazifasida ishlay boshlagan. Siyosiy hayotda ham faol ishtirok etgan. Qirgʻiziston Kompartiyasi markaziy qoʻmitasi aʼzosi. Ikki marta Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi deputati etib saylangan (1947-1955)[3].

Vafotiga qadar QizilQiya (Qirgʻiziston) shahrida yashagan. Oʻlim sanasi maʼlum emas.

Lenin ordeni (1948-yil 28-avgust), Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni (1949-yil 28-oktabr), Faxriy nishon (1951-yil 31-yanvar), „Mehnat jasorati uchun“ (1948-yil 4-sentyabr) unvon va medallari bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. V Ukaze o nagrajdenii zvaniem Geroya Sotsialisticheskogo Truda — Sativaldiev
  2. „Сатыбалдиев, Алтымыш“. peoplelife.ru. Qaraldi: 22-iyun 2023-yil.
  3. „Герой Социалистического Труда Сатывалдиев Айтамыш“. warheroes.ru. Qaraldi: 21-iyun 2023-yil.

Adabiyotlar tahrir

  • Qirg‘iziston: Uluttuk ensiklopediyasi: 1-jild / Boshki ed. Asanov Y. A. — Bishkek: Mamlekettik til jana ensiklopediya borboru, 2006 yil. ISBN 9967-14-046-1
  • Borbugulov M. Oʻsh viloyatlari ensiklopediyasi. — Frunze, 1989 yil.