Alvina Shpadi
Alvina Andreyevna Shpadi (1935-yil 31-yanvar — 2019-yil 23-iyun) oʻzbek rassomi va restavratori. Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Tarjimai hol
tahrirBoʻlajak rassom Turkmaniston SSRning Marv viloyatida 1930-yillarda Volga boʻyidan surgun qilingan nemis oilasida dunyoga keladi. Shpadi 1960-yil Ashxoboddagi Shota Rustaveli nomidagi Turkman davlat rassomlik bilim yurtini tamomlagan, Bayramali shahridagi oʻrta maktabda rasm va chizmachilikdan dars bergan.
Rassom 1960-yilda Nukusga koʻchib keladi, Qoraqalpogʻiston ASSR Badiiy jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining san’atshunoslik sektorida ishladi. Igor Saviskiy qistovi bilan Oʻrta Osiyo xalq amaliy san’ati bilan qiziqib qoldi va 1962-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining “Mato boʻyicha rassomchilik” fakultetiga oʻqishga kiradi va u yerdan Moskva toʻqimachilik institutiga oʻqishi koʻchiriladi va bu ta’lim dargohini 1969-yilda tamomlaydi. Keyinchalik Shpadi umrining oxirigacha Nukusda yashab ijod qildi.
U bir necha oʻn yillar davomida Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining yetakchi restavratori boʻlgan. Shu bilan birga Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida teatr rassomi, 1980-yilda “Isyonchilar” (rejissor Anatoliy Kabulov) birinchi qoraqalpoq badiiy filmi suratga olish maydonida liboslar boʻyicha rassom boʻlib ishlagan.
Bundan tashqari u rus ustalari hisoblanmish Oʻrta Osiyo musavvirlari Aleksandr Volkov, Nikolay Qoraxon[1] an’analarini davom ettirgan holda rassom sifatida faoliyat yuritgan. 2015-yilda Qoraqalpogʻiston davlat san’at muzeyida musavvir tavalludining 80-yilligiga “Alvina Shpadi olami” yubiley koʻrgazmasi, 2018-yilda “Qoraqalpogʻiston – mangu muhabbatim” nomli shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Shpadining ijod namunalari, uning eskizlari, qoraqalpoq xalq bezaklari asosida gilam-soʻzanalari namoyishi boʻlib oʻtdi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Памяти Альвины Шпады // Информационное агентство «Фергана», 24.06.2019.
- ↑ В Нукусе открылась персональная выставка Альвины Шпады // Kultura.uz, 26.11.2018
Havolalar
tahrir- Тамара Санаева. Самая короткая ночь большой жизни Альвины Андреевны Шпады (Wayback Machine saytida 2019-06-24 sanasida arxivlangan) // «Новости Узбекистана», 24.06.2019.
- Страница на сайте Каракалпакского государственного музея искусств