Amanatto
Amanatto (yaponcha: 甘納豆 аманатто: ) — anʼanaviy yapon shirinligi. U loviya qaylasidan (ko‘pincha loviyaning adzuki (yaponcha) turidan) tayyorlanadi va shakar qiyomiga botirilib, quritilganidan so‘ng usti shakar bilan qoplanadi.
Milliy oshxona | Yaponiya |
---|---|
Asl nomi | 甘納豆 |
Muallifi | Xosoda Yasubey |
Yaratilgan yili | 1861-1863 |
Asosiy komponentlari |
Adzuki (loviya) Shakar |
Bu shirinlik Edo davrining Bunkyu davrida (1861-1863-yillarda) Xosoda Yasubei tomonidan ixtiro qilingan. Yasubei Tokioda „Eitaro“ (uning bolalikdagi nomi) nomli shirinlik do‘konini ochgan va ushbu do‘kon ayni paytda ham faoliyat olib bormoqda.
Amanatto dastlab „amananatto“ deb atalgan boʻlib, Ikkinchi jahon urushidan keyin qisqartirib aytilgan.
Xokkaydo (Yaponiyaning ikkinchi yirik oroli.)da ʻʻʻamanattodanʼʻʻ sekihan (loviya bilan tayyorlanadigan anʼanaviy yapon taomi) tayyorlash uchun ham foydalaniladi. Mazkur usulda tayyorlangan sehikan taomi Yaponiyaning boshqa hududlarida tayyorlanadiganlaridan mazzasi bilan farq qiladi.