Amber Tysiak (talaffuzi: Amber Tisiak) (2000-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi. Amber Tysiak Belgiya ayollar super ligasi klubi "Oud-Heverlee Leuven" futbol jamoasi va Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Amber Tysiak
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 26-yanvar 2000-yil (2000-01-26) (24 yosh)
Tavallud joyi Belgiya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OH Leuven
Raqami 34
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
KFC Helson Helchteren
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2020 Genk
2020 OH Leuven 41 (3)
Milliy terma jamoa
2015—2017 Belgium U 17 8 (0)
2017—2019 Belgium U 19 16 (0)
2021 Belgiya 19 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 8-oktyabr uchun)

Yoshligi tahrir

Amber Tysiak Belgiyaning Houthalen-Helchteren shahrida tugʻilgan[1]. Amber Tysiak futbol oʻynashni taxminan 5 yoshida "KFC Helson" (Helchteren) futbol klubida (oʻgʻil bolalar bilan) boshlagan[2].

Klublardagi faoliyati tahrir

Amber Tysiak 2016-yilda „Genk“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Bu klub safida Amber Tysiak to‘rt mavsum o‘ynagach, 2020-yil aprel oyida „Oud-Heverlee Leuven“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[3].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

Amber Tysiak ilk bor 2015-yilning 28-noyabr kuni Germaniyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Belgiyaning 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushgan edi[4]. Keyinchalik Amber Tysiak yoshlar oʻyinlarida muntazam ishtirok etdi. Amber Tysiak Shotlandiyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi 2019-yilgi EURO musobaqasida davomida Belgiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga sardorlik qildi[5].

Tysiak Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasidagi ilk oʻyinini 2021-yilning 18-fevralida, Brusseldagi Qirol Baudouin stadionida Gollandiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (6:1) o‘tkazdi[6].

Amber Tysiak 2021-yil 25-noyabr kuni 2023-yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (19:0 hisobidagi g‘alaba) oʻzining birinchi xet-trikini qayd etdi[7].

Faoliyat statistikasi tahrir

2022-yil 8-oktyabr holatiga ko'ra;
Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Belgiyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi

(U 17)

2015-yil 1 0
2016-yil 3 0
2017-yil 4 0
Jami 8 0
Belgiyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi

(U 19)

2017-yil 1 0
2018-yil 7 0
2019-yil 8 0
Jami 16 0
Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2021-yil 10 3
2022-yil 9 2
Jami 19 5
Amber Tysiak tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021-yil 25-noyabr Den Dreef, Leuven, Belgiya   Armaniston 4-0 19-0 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi
2 6-0
3 13-0
4 2022-yil 28-iyun Herman Vanderpoortenstadion, Lier, Belgiya   Lyuksemburg 3-1 6-1 Oʻrtoqlik uvhrashuvi
5 5-1

Manbalar tahrir

  1. „Presenting Amber Tysiak“. hln.be. Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  2. „RBFA : Amber Tysiak“. www.rbfa.be. Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  3. „Drie Genkies beproeven hun geluk in Leuven“ (Dutch). Oud-Heverlee Leuven (2020-yil 20-aprel). 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  4. „RBFA U16 : BEL-GER Friendly“. www.rbfa.be. Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  5. „RBFA : Amber Tysiak“. www.rbfa.be. Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr. „RBFA : Amber Tysiak“. www.rbfa.be. Retrieved 28 September 2022.
  6. Charlier, Dries. „Na haar debuut bij de Red Flames ontvangt Amber Tysiak (OHL) haar ex-club KRC Genk : "We hebben iets goed te maken"“ (Dutch). Het Laatste Nieuws (2021-yil 25-fevral). Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  7. „Amber Tysiak“. Royal Belgian Football Association. 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.