Ambras qal’asi (nemischa: Schloss Ambras ) ― Avstriyaning Innsbruk shahrida joylashgan qal’a muzeyi. Bu shaharning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biridir. Uning madaniy va tarixiy ahamiyati ertsgersteg Ferdinand II bilan chambarchas bogʻliq.

Qal’aning qurilishi imperator Ferdinand I ning ikkinchi oʻgʻli Ferdinand II davriga toʻgʻri keladi. 1563-yilda Tirol provinsiyasida ertsgertsog suveren boʻlgach, oʻrta asr qal’asini Uygʻonish davri qal’asiga aylantirish uchun italiyalik meʼmorlarni yolladi.

Ferdinand II Gabsburglar oilasidagi eng saxovatli sanʼat homiylaridan biri edi. Ambras qal’asida u rasmlar, haykallar, qurollar, zargarlik buyumlari va boshqalarning ajoyib toʻplamlarini toʻplagan.

Bugungi kunda Ambras sayyohlar orasida eng mashhur joylardan biri, Innsbruk erta musiqa festivalining asosiy kontsert joyidir.

Havolalar

tahrir