American Journalism Review (AJR) jurnalistika mavzularini yorituvchi Amerika jurnali. U 1977-yilda jurnalist Rodger Cranz tomonidan Washington Journalism Review sifatida ochilgan va 2015-yilda nashr etilishi toʻxtatilgan.

Jurnalning birinchi soni 1977-yil oktabr oyida nashr etilgan. 1987-yilda uni AQShning sobiq elchisi Henri Katto va uning rafiqasi Jessika Hobbi Catto sotib oladi, ular Houston Post gazetasini nashr etgan oila aʼzolari vakili edi. Kattolar nashrni 1987-yilda Merilend universitetining Parki kolejiga sovgʻa qilishgan. Bu jurnalga 1992-yilda Rem Rieder muharrir boʻldi. U 1993-yilga kelib esa American Journalism Review nomini oldi[1]. Universitet qoshidagi Filipp Merrill jurnalistika kolleji 2011-yilda jurnal nazoratini o‘z qo‘liga oldi. Rem Rider 2013-yilda ishdan ketdi va AJR Merrill kolleji o‘quv dasturi doirasida faqat onlayn nashrga aylandi. 2015-yil iyul oyida kollej nashr etishni toʻxtatganini eʼlon qildi[2].

Muhim voqealar

tahrir

1999-yil yanvar oyida Gannett kompaniyasi AJR bir nechta Gannett rahbarlari haqida salbiy fikrlarni oʻz ichiga olgan maqolani chop etganidan biroz vaqt oʻtgach, oʻzining barcha reklamala va maqolalarini olib tashladi[3].

2006-yil dekabr sonida AJR Santa Barbara News-Press va uning egasi Wendy P. McCaw haqida maqola chop etdi[4]. Oʻsha oyning oxirida McCaw maqola muallifi Susan Paternoni tuhmat va mahsulotni kamsitishda ayblab, sudga berdi[5]. Shunday boʻlishiga qaramasdan AJR ayblanuvchi sifatida koʻrsatilmagan, lekin jurnal rahbari Paterno qonuniy toʻlovlarini toʻlashga va har qanday hukmga qarshi zararni qoplashga rozi boʻlgan. Paterno, frilanser sifatida, taxminan oʻn yil davomida AJR uchun maqola yozgan.

2007-yil avgust oyida The Washington Post gazetasi, agar AJR oʻzining faoliyatdagi kamomadini kamaytira olmasa, 2007-yil oxirigacha yopilishi mumkin, keyin yiliga taxminan 200 000 AQSh dollari (jami byudjeti taxminan 800 000 dollar) yetishi mumkinligi haqida xabar beradi. Homiylar byudjetning kamida uchdan bir qismini qoplagan boʻlsa qolgan mablagʻ faqat reklamadan tushishi zarur boʻlgan. Soʻnggi uch yil ichida AJRga hayr-ehsonlar Philadelphia Inquirerning sobiq ijrochi muharriri Eugene Roberts boshchiligidagi bir guruh jurnalist faxriylaridan tushgan mablagʻ miqdori taxminan 1,25 million dollarni oʻz ichiga oladi[6]. Shunisi achinarliki 2007-yilning oʻrtalariga kelib, AJRda faqat bitta tahririyat xodimi, muharrir Rem Rider qolgan edi, aytib oʻtish kerakki jurnal dizayni va sanʼat asarlari shartnoma asosida tuzilgan. AJR maqolalarining katta qismi tashqi tomonda hissa qoʻshuvchilardan (frilanserlar) boʻlgan.

2013-yilda " Review " nashri toʻxtatildi va faqat onlayn nashrga aylantirildi[7]. Onlayn nashr ham 2015-yilda tugatildi, ammo arxivlar fond Internetda qolishi kerak edi[8].

Yana qarang

tahrir
  • Kolumbiya jurnalistika sharhi
  • Santa Barbara News-Press tortishuvi

Manbalar

tahrir
  1. Lori Robertson, „The Life and Times of AJR“, American Journalism Review, November 2002.
  2. Anita Balikrishnan, „'American Journalism Review' ends online publishing“, USA Today, July 31, 2015.
  3. Felicity Barringer, „Gannett Withdraws Ads From Journalism Review“, The New York Times, March 8, 1999
  4. Paterno. „Santa Barbara Smackdown“. American Journalism Review. 2013-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-yanvar.
  5. „Publisher of California paper sues journalist over story in American Journalism Review“, Associated Press, December 19, 2006
  6. Joe Strupp, „AJR Facing Major Debt — But CJR Says Itʼs In The Black“, Editor & Publisher, August 22, 2007
  7. „American Journalism Review To Become Online Only Publication“ (en-US). Philip Merrill College of Journalism (2013-yil 17-iyul). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  8. „American Journalism Review To Cease Online Publication“ (Wayback Machine saytida 2020-08-03 sanasida arxivlangan), Philip Merrill College of Journalism, July 31, 2015.

Havolalar

tahrir