"Amerika ensiklopediyasi" („The Encyclopedia Americana“), "Amerikana" — AQShda nashr etiladigan universal ensiklopediya. Ingliz tilida. 1-nashri 1903-04-yillarda Nyu-Yorkda 16 jild qilib chiqarilgan. „Amerika ensiklopediyasi“ning takomillashtirilgan 30 jildlisi 1918-20 yillarda nashr etildi va u keyingi nashrlar (jumladan, 1961-yil chiqqan, 60 mingdan ortiq maqolani oʻz ichiga olgan „Amerika ensiklopediyasi“) uchun asos boʻldi. „Amerika ensiklopediyasi“ keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. 1923-yildan boshlab ensiklopediyaga yillik ilova („Amerikana Annual“) ham nashr etilmoqda. Ilova ensiklopediyani maʼlumotlar bilan toʻldiradi.

Göttingen Davlat universiteti kutubxonasida Amerika ensiklopediyasi.