Amerika mamlakatlari aro oʻzaro yordam shartnomasi
Amerika mamlakatlari aro oʻzaro yordam shartnomasi (1947-yildagi Rio-de-Janeyro pakti), odatda „Rio pakti“ deb nomlanuvchi, 1947-yilda Amerikaning aksariyat davlatlari tomonidan Rio-de-Janeyroda imzolangan shartnoma[1].
Bu shartnomaning asosiy tamoyili shundan iborat ediki, shartnomada ishtirok etuvchi har qanday davlatga hujum qilish shartnomada ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarga hujum qilishni anglatadi. Shunday qilib, bu shartnoma oʻzaro mudofaa shartnomasidir[2]. Shartnoma imzolash uchun 1947-yilda ochilgan boʻlsa-da, oxirgi davlat uni faqat 1982-yilda imzolagan va ratifikatsiya qilgan. Bu davlat Bagama orollari edi[3].
Braziliya Amerikalararo oʻzaro yordam shartnomasining saqlovchi davlati va Amerika Davlatlari Tashkiloti (ADT) tashkiliy va texnik ehtiyojlar uchun depozitariy tashkilotdir.
Tarixi
tahrirShartnoma 1947-yil 2-sentabrda Rio-de-Janeyroda barcha tomonlarning imzolari bilan qabul qilingan va tasdiqlangan. Ammo u faqat 1948-yil 3-dekabrda kuchga kirdi va 1948-yil 10-dekabrda shartnoma BMTda roʻyxatdan oʻtkazildi. Bu 1945-yilda Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan Amerika mamlakatlari aro konferentsiyada imzolangan Chapultepek deklaratsiyasining oʻziga xos takomillashgan varianti hisoblanadi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Monro doktrinasi ostida qitʼa mudofaa siyosatini qoʻllab-quvvatladi
1967-yilda Trinidad va Tobago va 1982-yilda Bagama orollari bundan mustasno boʻlgan, 1947-yildan beri hech bir mustaqil davlat shartnomaga qoʻshilmagan.
2002-yilda, AQSh Iroqqa bostirib kirishidan oldin, Meksika 1982-yilda Malvinas (Folklend) orollari boʻyicha Argentina-Britaniya mojarosi paytida (Vashington Buyuk Britaniyani qoʻllab-quvvatlagan) AQShning xatti-harakatlariga ishora qilib, Amerikalararo oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi kelishuvdan chiqdi.
2012-yil 5-iyunda Boliviya, Venesuela, Nikaragua va Ekvador tashqi ishlar vazirlari OASning 42-Bosh assambleyasida Amerika xalqlari bolivar ittifoqi (ALBA) nomidan nutq soʻzlab, oʻzlarining Amerika oʻzaro yordam shartnomasidan chiqishlarini eʼlon qilishdi. 2012-yilda Boliviya, Kuba, Nikaragua va Ekvador, 2013-yilda Venesuela shartnomadan chiqishdi.
2019-yil iyun oyida prezident Maduroga muxolifat boshchiligidagi Venesuela parlamenti Venesuelani Amerika mamlakatlari aro oʻzaro yordam shartnomasida qayta tiklashni soʻradi.
Ishtirokchi davlatlar
tahrir- Argentina
- Bagam orollari
- Braziliya
- Honduras
- Kolumbiya
- Dominikan Respublikasi
- Panama
- Paragvay
- Peru
- AQSh
- Urugvay
- Chili
Manbalar
tahrir- ↑ „Чапультепекская конференция“, История дипломатии. М.: Политиздат, 1975 — 610—616-bet.
- ↑ „АЛЬБА альянс требует ускоренной ликвидации Межамериканской системы взаимопомощи (исп.)“. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Внесуэла, похоже, восстанавливает членство в Межамериканском договоре о взаимной помощи (исп.)“ (2019-yil 16-avgust). Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.