Amerikancha gotika – Mashhur amerikalik rassom Grand Wood tomonidan 1930-yilda yaratilgan kartina[1].

Amerikancha gotika
(inglizcha: American Gothic)
Grant Wood, 1930
Moybo'yoq
78 × 65,5 sm
Sanat instituti, Chikago

Umumiy tavsif

tahrir
 
Grand Wood avtoportreti. 1932-yil. Figge sanat muzeyi

Grand Wood bu asarini yaratishda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Ayova shtatidagi Eldon shahrida joylashgan gotika uslubidagi uy va shu uydan yashagan deb taxmin qilinuvchi insonlardan ilhomlangan. Koʻpchilik sanatsevarlar rasmdagi erkak va ayolni er-xotin degan notoʻgʻri taxminga borishadi. Lekin aslida unday emas. Kartinaning nomi ham uyning qurilish uslubidan kelib chiqib tanlangan[2]. Asardagi qahramonlar uchun modellikni Woodning singlisi Nan Wood Grem va ularning tish shifokori doktor Bayron Makkibi bajarishgan.

 
Kartinada tasvirlangan Ayova shtatining Eldon shahrida joylashgan, gotika uslubida qurilgan uy

Yaratilish tarixi

tahrir

1930-yil avgust oyida Grand Wood ilhom izlab yurgan vaqtda, Eldon shahridagi Gotika uslubida qurilgan kichik oq uyni koʻrib qoladi. Uy egalaridan uyning suratini chizish uchun ruxsat olganidan soʻng, keyingi kun kelib moʻyqalam yordamida karton ustida uyning eskizini chizadi. Ushbu eskizda haqiqiy uydagiga nisbatan uchliroq tom va choʻzinchoq deraza tasvirlangan. Asar tsyyor boʻlganda aynan shu jihatlar rasmga oʻzgacha koʻrk beradi.
Shundan soʻng u uy oldida odamlar boʻlishi kerak degan qarorga keladi va singlisini tasvirini yaratadi. Egniga esa XX asr qishloqlariga monand qilib, eski uslubdagi kiyim kiydiradi. Singlisidan rasm uchun fartuk ham tikishni iltimos qiladi.
Ota sifatida esa oilaning tish shifokori Doktor Bayron Makkibini tanlaydi.
Singlisi unga suratdagi insonlar aka-singil emas, ota va qiz boʻlishi kerakligini aytadi va bu Grand Woodga ham yoqib tushadi.

Tanlovda ishtirok

tahrir

Wood bu kartina bilan Chikago sanat institutida oʻtkazilgan rasmlar tanlovida ishtirok etadi. Hakamlardan biri kartinani ,,hajviy valentin: deb ataydi vaa oʻrin berishdan bosh tortadi. Biroq muzey xodimi ularni bronza medali va 300 dollar berishga koʻndiradi. Xuddi shu xodim Institutga rasmni sotib olish kerakligini tushuntiradi va xaligacha rasm shu yerda saqlanmoqda.

Rasmga parodiyalar

tahrir
 
Amerikancha gotika kartinasiga qilingan hazil parodiyalardan biri

Depressiya davridagi rasmning haqiqiy amerikalik sahnani tasvirlash sifatida tushunishi birinchi mashhur parodiyaga, Gordon Parksning 1942-yilda Vashingtonda suratga olingan tozalovchi ayol Ella Uotsonning suratiga turtki berdi. Amerikancha gotika tez-tez parodiya qilinadigan rasmdir. U „Musiqa odami“ kabi Brodvey shoularida, „Rokki qoʻrqinchli suratlar shousi“ kabi filmlarda va Green Acres , Dik Van Deyk shousi („Uzoq asar“) kabi telekoʻrsatuvlarda namoyish etilgan. Shuningdek, Simpsonlar multserialida ham namoyish etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „American GothicDate:“. artic. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
  2. „AMERICAN GOTHIC GRANT WOOD REPRODUCTION, HAND-PAINTED IN OIL ON CANVAS“. Van Gog Studio. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.