Bosh menuni ochish

Husayn Ibn Musallab, Amir Husayn (?— 1370) — Amir Kaza-/okning nabirasi. Balx, Hisori Shodmon va Badaxshon viloyatlari hukmdo-ri. Ajdodlari hukmronlik qilgan Movarounnahr taxtiga daʼvogarlik qilgan. Avvaliga Amir Temur bilan it-tifoqtuzgan va singlisi Oʻljoy turkon ogʻoni Sohibqironga nikohlab bergan. H. ibn M. va Amir Temur 1363—64 yil Ilyosxoja boshliq Jete lashkarini Qamashi tumanidagi Tosh-qoʻrgʻon qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda magʻlub etadi. Ammo 1365 yil Toshkent va Chinoz oraligʻida Jete lashkari bilan boʻlgan Jangi loydagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng H. ibn M. va Sohibqiron oʻrtasida munosabat buziladi. 1370 yilga qadar Amir temurning Movarounnahrni markazlashtirilgan davlatga aylantirish yoʻlidagi saʼy harakatlarida asosiy toʻsiq boʻlgan. 1370 yil Balx shahri boʻsagʻasida boʻlgan jangʻda Sohibqiron H. ibn M.ning qoʻshinini tor-mor etadi va uni asirga olib qatl etadi. H. ibn M.Balx shahrining sharqiy tomonidagi Xoja Ukkosha qabristoniga dafn qilingan.

AdabiyotTahrirlash

  • Nizomiddin Shomiy. Zafargʻyuma, T., 1996; Sharafudlin Ali Yaz-diy, Zafarnoma, T., 1997.