Amir Kamoliddin Husayn
Amir Kamoliddin Husayn (XV asr) – davlat xizmatchisi, shoir. Alisher Navoiyning jiyani, akasi Shayx Bahlulbekning oʻgʻli. Faqirlik yoʻlini tanlab, tarkidunyo qilgan. Yaxshi nazmiy tabʼi boʻlib, “Xatmiy” taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. “Majolis un-nafois”da uning ijodidan quyidagi matlaʼ keltiriladi:
Maro bisyor mushkil menamoyad furqati jonon,
Vidoi joni shirin ast dushvor, ey musulmonon.
(Mazmuni: Jonondan judo boʻlish men uchun juda mushkul, chunki, ey musulmonlar, shirin jon bilan vidolashish benihoya qiyin)[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |