Amiri lashkar – temuriylar, shayboniylar hamda Turkiston xonliklarida keng tarqalgan eng yuqori harbiy unvon, bosh qoʻmondon. Masalan, Qoʻqon xonligida Amiri lashkar lavozimi yirik harbiy harakatlar davrida mavjud boʻlib, unga odatda mingboshi, otaliq yoxud shahzodalar belgilangan (qarang Amir ul-umaro)[1].

Manbalar

tahrir
  1.   „Amiri lashkar“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.