Amiri shikor, ov amiri — Turkiston xonliklarida saroy mansabi. Maʼlumki, ov hukmdorlar hayotida muhim oʻrin tutgan. Amiri shikor xon va sultonlar ovlarini tashkil qilib turishi lozim boʻlgan. Shikorgoh atrofidagi qishloqlarning aholisi oʻz oti, qurol-aslahasi bilan kelib, xon va sultonlarning ov qilishiga yordam berishini va undan tashqari ularni qoʻnib qolganlarida qoʻnar joy, oziq-ovqat bilan taʼmin etishni tashkil qilish Amiri shikor zimmasiga yuklangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Amiri shikor" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil