Amlok yerlar — Buxoro xonligila yer egaligi shakllaridan biri. Koʻp mehnat talab qiladigan sugʻorish ishlarining hukumat tomonidan tashkil etilishi va dehqonlarning unga qaram qilib qoʻyilishi orqasida yuzaga kelgan. Amlok yerlar amir ixtiyorida boʻlib, unga ekin ekkan dehqonlar hukumatga xiroj va boshqa soliqlar toʻlagan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Amlok yerlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil