Amlokdor

uxoro xonligidagi bekliklarga qarashli eng kichik maʼmuriy boʻlinma (amlokdorlik)ni boshqaruvchi amal-dor

Amlokdor (arab, amlok, mulk soʻzining koʻpligi, fors-tojik. dor  ega) — Buxoro xonligidagi bekliklarga qarashli eng kichik maʼmuriy boʻlinma (amlokdorlik)ni boshqaruvchi amal-dor. A. aholining oʻziga toʻq vakillaridan boʻlib, bek tomonidan tayinlangan va bir necha katta va kichik qishloqlar uning ixtiyorida boʻlgan. U xiroj yigʻish, dehqonlar yetishtirgan hosilni hisobga olish, soliq toʻlamaganlarni jazolash, jarima solish kabi ishlar bilan shugʻullanib, kotib (mirzo), mirob, amin, oqsoqollar yordamida amlokdorlikni idora qilgan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. "Amlokdor" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil