Ammofos (2H3PO4 + 3NH3 = NH4H2PO4 + (NH4)2HPO4) — tarkibida azot bilan fosfor boʻlgan konsentrlangan mineral oʻgʻit. U asosan monoammoniyfosfat va qisman diammoniy-fosfat aralashma-sidan iborat. Donador A. tarkibida ka-mida 10% azot, koʻpi bilan 45% fosfor an-gidrid bor. A.da ballast komponentlar boʻlmaydi. Suvda eriydi, fizik xususi-yatlari yaxshi. A.ni har xil tuproqlarda qoʻllash mumkin. Gʻoʻzaga ekishdan oldin (shudgorlashda, bahorgi haydashda, ekish oldidan, ekish vaqtida), gullash oldidan yoki gullagan vaqtida solinganida ham samarali. Oʻzbekistonning paxtakor xoʻjaliklarida fosforli oʻgʻitlar yillik normasining 80% ni A. tashkil etadi, chunki u boshqa murakkab konsentrlangan azotli-fosforli oʻgʻitlarga qaraganda samaraliroq. „Ammofos“ ishlab chiqarish birlash-masi (Olmaliq kimyo zavodi) va Samarqand kimyo zavodida ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Ammofos" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil