Amniotalar
Amniotalar (Amniota) – em-brioni atrofida murtak parda, shu jum-ladan amnion hosil qiladigan yuksak umurtqalilar. A.ga sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi. Embrionining quruqlikka qo‘yiladigan tuxumi ichida yoki ona organizmida rivojlanishi bilan A. anamniyalar (to‘garakog‘izlilar, baliqlar, suvda va quruklikda yashovchilar)dan farq qiladi.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |