Amon
Amon (yoki Amun) — qadimgi misrliklarning bosh ilohi, fir’avnlar homiysi. U dastlab Fiva maʼbudi boʻlgan, bu shahar poytaxtga aylanganidan soʻng uning mavqei ortgan. Amon „koʻrinmas“, „yashirin“ degan maʼnolarni anglatib, ikki baland, uzun patli toj kiygan inson sifatida tasvirlangan. Misrliklar u havoda esadi, Amon va ona-qirolicha nikohidan fir’avnlar dunyoga keladi, deb ishonganlar. Amon keyinchalik Ra ilohiga tenglashtirilgan va Amon-Ra deb atalgan. Kohinlar Fivada Ramzes II ni toj kiydirish marosimida Amon nomidan quyidagi qutlovni xalqqa oʻqib berganlar: „Bu mening naslimdan boʻlgan haqiqiy oʻgʻlim, taxtimdagi himoyachim, Misr hukmdori“. Ramzes II bu kultdan unumli foydalanib, „Otasi“ning Karnak ibodatxonasida oʻzidan avval oʻtgan fir’avnlarni tahqirlab, nomlarini oʻchirtiradi va oʻzini Amonning tanlangan, magʻlubiyat koʻrmaydigan qahramon sifatida yozdirdi. Kohinlar uni doim Amon nomidan qoʻllab-quvvatlab turishgan. Fir’avn Exnaton davrida Bosh iloh sifatida quyosh maʼbudi Aton (Atum) belgilangan, Amonga sigʻinish taʼqiqlangan. Biroq Exnaton vafotidan soʻng misrliklarning bosh xudosi — Amon ilohi tiklangan[1].
ManbalarTahrirlash
- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 32-33.
AdabiyotlarTahrirlash
- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |