Amortizator (fransuzcha: amortir – kuchsizlantirish, yumshatish) – mashinalar (avtomobil, samolyot va boshqalar) va inshootlardagi titrashlar hamda zarbiy kuchlardan himoya qilish uchun zarblarni yumshatuvchi qurilma. Amortizatorlarning mexanik (prujinalar, torsionlar, rezinalar), gidravlik, pnevmatik xillari bor. Mashinalarda ressoralar, buferlar, qurilish konstruksiyalarida poydevor toʻshamalari va boshqa ham amortizatorlar jumlasiga kiradi[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. "Amortizator" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil