Anafora
Anafora (takror) - sheʻr yoki banddagi misra, gaplarning boshidagi soʻz yoki soʻz birikmasining boshqa misralar boshida aynan takrorlanib kelishi.
Misol: Endi odam quldek sotilmas,
Endi odam oʻtga otilmas,
Endi unga qafas boʻlmas jon,
Endi dunyo boʻlmaydi zindon.
(Hamid Olimjon "Zaynab va Omon"dagi Sobir gapi)