Anapait, eskirgan. sin. tamanit — fosfat sinfiga xosmineral, suvli temir va kalsiy fosfati. Kimyoviy formulasi : Ca 2 Fe 2+ [PO 4 ] 2 4H 2 O. Tarkibi (%): CaO — 28,18; FeO — 18,05; P <sub id="mwIg">2</sub> O <sub id="mwIw">5</sub> — 35,67; H 2 O — 18.1. Singoniya triklin.

Tarqalishi

tahrir

Mineral jigarrang temir rudasi ichida shaffof yaltirashga ega yashilsifat kristallar koʻrinishida juda kam uchraydi. U birinchi marta Taman yarim orolining janubiy qirgʻogʻidagi (hozirgi Krasnodar oʻlkasi, Rossiya) Jelezniy Rog burni yaqinidan topilgan va 1902-yilda Artur Zaxs[1] tomonidan Anapa yaqinidagi xuddi shu yarim oroldan yigʻilgan kolleksiya materiallari qatorida tasvirlangan. Uning " anapait ", " anapit " va " tamanit " deb atalishi ham mana shu joylarning geografik nomlaridan kelib chiqqan[2].

U sezilarli darajada katta boʻlib toʻplanmasa ham, tabiatda keng tarqalgan, Qrim (Kerch), Italiya, Ispaniya, Germaniya, AQSh va boshqa mamlakatlar hududidagi konlardan oz miqdorda topilgan[3].

Fizik xususiyatlari

tahrir

Zichlik — 2,81 g / sm 3, qattiqlik 3-4, chiziqlarining rangi oq. Maydalanish xususiyati mukammal.

Anapaitning rangi (limon rangi-yashildan koʻkimtir yashilgacha) bir tomondan zargarlarni oʻziga jalb qilib keladi, shu bilan bir vaqtda mineral zargarlik buyumlari uchun keng qoʻllaniladigan darajada yetarlicha qattiq emas. Bu qimmatbaho kolleksion tosh boʻlib, undan amaliy foydalanishning boshqa hech qanday usuli yoʻq.

Manbalar

tahrir
  1. Sachs A. Über anapait, ein neues kalkeisenphosphat von Anapa am Schwarzen Meere // Sitzungsberichte der Königlich Preussischen Akademie der Wissenschaften. — 1902. — Andoza:Бсокр.
  2. „Анапаит в Геовикипедии“. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  3. „Anapaite. Mineral Data Publishing“. 2012-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-dekabr.

Havolalar

tahrir