Oʻrdaksimonlar

(Anatidaedan yoʻnaltirildi)

Oʻrdaksimonlargʻozsimonlar turkumiga mansub suvda suzuvchi qushlar oilasi. Tanasining uz. 29—150 sm. Tumshugʻi qirralari boʻylab joylashgan tishchalari va koʻndalang plastinkalari filtrlovchi apparatni hosil qiladi. Koʻpchilik turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan: erkagi yirikroq va chiroyliroq, rangli boʻladi. Dum usti bezlari yirik. Panjalarida pardasi bor. Patlari tigʻiz joylashgan, parlar yaxshi rivojlangan. Ayrim turlari ucholmaydi. Koʻpchilik Oʻ. yaxshi shoʻngʻiydi; ozigʻini suvdan yoki suv tubidan topib oladi. 47 urugʻi, 150 ga yaqin turi bor. Yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda oqqushlar, yaezlar, cheravalar, oqboshlar, angʻirtlar, suralaygʻozlar, asl oʻrdaklar, shoʻngʻuvchi oʻrdaklar va boshqalar urugʻlariga mansub 25 turi tarqalgan; 8 turi uya quradi, qolgan turlari qushlar uchib oʻtishi davrida uchraydi. Oʻ. juft boʻlib yashaydi, urogʻochisi 2 tadan 16 tagacha tuxum qoʻyib, joʻja ochadi. Janubiy Amerikada tarqalgan ayrim turlari tuxumini boshqa qushlar iniga qoʻyadi. Koʻpchilik Oʻ. ovlanadi.

Oʻrdaksimonlar
Binar nomi

(Leach, 1819)