Anatoliy Aleksandrovich Kivayev (1929-yil 18-mart, Toshkent – 2014-yil 25-yanvar, Moskva) – sovet va rus oftalmologi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan shifokor, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining akademigi[1].

Anatoliy Kivayev
Tavalludi 18-mart 1929-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Vafoti 25-yanvar 2014-yil
Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ilmiy unvoni professor

Hayoti

tahrir

Anatoliy Aleksandrovich Kivayev 1929-yil 18-martda Toshkent shahrida shifokorlar oilasida tavallud topgan.

1953-yilda Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan.

Kivayev 19531966-yillarda Oʻzbekistonda oftalmolog boʻlib ishlagan (19571959-yillarda Samarqand tibbiyot institutining klinik ordinaturasida 1964-yilda „Sil kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda koʻrish organlarining holati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan).

Aleksandrovich 1966–1968-yillarda M. F. Vladimirskiy nomidagi MONIKI koʻz boʻlimida ishlagan (Moskva).

Anatoliy 19681971-yillarda professor Svyatoslav Nikolayevich Fedorov boshchiligida Moskva tibbiyot institutining muammoli tadqiqot oftalmologiya laboratoriyasida faoliyat olib borgan[2].

Kivayev 1971-yildan 2012-yilgacha Helmgolts nomidagi Moskva koʻz kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida kontaktli koʻrishni tuzatish boʻlimiga rahbarlik qilgan.

Shifokor 1983-yilda „Kontaktli koʻrishni tuzatish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Anatoliyga 1988-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.

1997-yil „Moskvaning 850 yilligi xotirasiga“ medali bilan taqdirlangan.

Kiyayev 2001-yilda „Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan shifokor“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Anatoliy Aleksandrovich Kiyayev 25-yanvar 2014-yilda Moskvada vafot etgan[3]

Ilmiy faoliyati

tahrir

Anatoliy Aleksandrovich Kivayevning sovet va rus oftalmologiyasidagi obroʻsini baholash mushkul. Kivayev mamlakatda kontaktli koʻrishni tuzatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan xizmatni yaratdi. U oʻz xodimlari bilan birgalikda samarali diagnostika usullari, kontakt linzalarini tanlash, loyihalash va ishlab chiqarish tizimi, ulardan foydalanishning yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqdi. 11 nafar fan nomzodi tayyorladi. Kivayev 250 dan ortiq ilmiy ishlar hamda kontaktli koʻrishni tuzatish boʻyicha birinchi mahalliy qoʻllanma muallifi.

Manbalar

tahrir
  1. „КИВАЕВ Анатолий Александрович“. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
  2. „Памяти профессора А.А. Киваева“. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
  3. „Памяти Анатолия Александровича Киваева“. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.