Anatoliy Yosipovich Kos-Anatolskiy (ukraincha: Анато́лій Йосипович Кос-Анатольський; 1909-yil 1-dekabr – 1983-yil 30-noyabr) – sovet-ukrain bastakori. Ukraina SSR xalq artisti (1969) va Shevchenko nomidagi Milliy mukofot (1980) laureati. 1970-1978-yillarda Sovet Ittifoqi Oliy Kengashining deputati[1].

Anatoliy Kos-Anatolskiy
ukraincha: Анатолій Кос-Анатольський
Tavalludi 1-dekabr 1909-yil
Kolomiya, Galisiya, Avstriya-Vengriya
Vafoti 1-dekabr 1909-yil(1909-12-01)
(-74 yoshda)
Lvov, Ukraina SSR, SSSR
Janrlar balet, xor
Kasbi bastakor, musiqa o'qituvchisi
Fuqaroligi Polsha bayrogʻi Polsha
Sovet Ittifoqi

Biografiyasi

tahrir

1909-yil 1-dekabrda Kolomiya (hozirgi Ivano-Frankivsk viloyati) da mashhur Galisiyalik shifokor Iosif Kos oilasida tugʻilgan[1].

Stanislav gimnaziyasida oʻqib yurgan chogʻida xor guruhi tuzib, qoʻshiq yozishni boshlagan. 1931-yilda Lvov universitetining yuridik fakultetini, 1934-yilda Lvov konservatoriyasini tamomlagan. 1930-yillarda Bogdan Vesolovskiy bilan birga keyinchalik Lvov viloyatida mashhur „Yabtso-jaz“ aʼzosi boʻlgan[2]. 1934-1937-yillarda Nikolay Lisenko nomidagi Oliy musiqa institutining Striy filialida dars bergan. 1938-yildan 1939-yilgacha Zaliztsi shahrida advokat boʻlib ishlagan.

Lvov musiqali drama teatri spektakllari uchun yaratgan musiqasi (1941) birinchi mustaqil ijodiy ishi boʻlgan. Urush paytida Gʻarbiy Ukrainada yashagan. 1939-yildan Lvov Pionerlar uyining kuy-qoʻshiqchisi, musiqa maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng aʼzo boʻlgan va 1951-yildan Ukraina Sovet kompozitorlari uyushmasining Lvov viloyati boʻlimi raisi, Lvov drama teatrida kontsertmeyster, 1952-yildan – Lvov konservatoriyasida oʻqituvchi (1973-yildan professor)[1].

1983-yil 30-noyabrda Lvovda vafot etgan. Qabri Lvovdagi Lichakiv qabristonida (3-maydon). Qabr toshi haykaltarosh Emmanuel Misko tomonidan yaratilgan[3].

Ijodiy merosi

tahrir

Anatoliy Kos-Anatolskiy opera, uchta balet, simfonik asarlar, bir qator kontsertlar va mashhur xor asarlari, yakkaxon qoʻshiqlar, romanslarning bastakori. Koʻpgina asarlari Lemkos folkloridan taʼsirlanib yozilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Tereshchenko, p.558
  2. "Шлягер 30-х років "Прийде ще час" повернувся додому", Галина Вдовиченко“. 2018-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-mart.
  3. Priyma L. Za deyakimi pam’yatnimi lvіvskimi adresami // Naukovі zapiski / Lvіvskiy іstorichniy muzey. – Vip. X. – Lvіv: Noviy chas, 2001. – S. 116. – ISBN 966-95279-6-1.

Adabiyotlar

tahrir
  • Муха Антон. Композитори України та української діаспори. К.: 2004. — ISBN 966-8259-08-4
  • Терещенко А. А. Кос-Анатольський. К., 1986.
  • Колодій Я., Полек В. Композитор Кос-Анатольський. К., 1974.
  • Волинський І. Анатолій Йосипович Кос-Анатольський. К., 1965.
  • Сусловський О. Митці Львова. Львів, 1959.

Havolalar

tahrir