Anatoliy Fedorovich Polosin (1935-yil 30-avgust, Toshkent – 1997-yil 11-sentyabr, Moskva) – sovet futbolchisi, Sovet va Rossiya futbol murabbiyi. SSSR sport ustasi (1978), Moldaviya SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1984), Ukraina SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.

Anatoliy Polosin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anatoliy Fedorovich Polosin
Tavallud sanasi 1935-yil 30-avgust
Tavallud joyi ToshkentOʻzbekiston SSR SSSR bayrogʻi SSSR
Vafot sanasi 1997-yil 11-sentabr
Vafot joyi MoskvaRossiya
Ampluasi Himoyachi

Hayoti tahrir

Anatoliy Polosin 1935-yil 30-avgustda Toshkentda tugʻilgan. U Moskvaning „Dinamo“, Moskva GTSOLIFK, „Shaxtyor“ (Qaragʻanda), „Metallurg“ (Temirtau), „Metallurg“ (Chimkent), „Cementnik“ (Semipalatinsk) jamoalarida oʻynagan.

U eng yaxshi murabbiy sifatida tanilgan. Olti marta oʻz jamoalarini oliy ligaga olib chiqqan va KPSS aʼzosi boʻlgan[1]. Uning oʻynagan jamoalari orasida Simferopolning „Tavriya“, Odessaning „Chernomorets“ va Yaroslavlning „Shinnik“ jamoalarii bor edi.

Faoliyati tahrir

Polosin 1980-1981 va 1986-yillarda Tavriya klubida ishlab, ligada 120 va SSSR kubogida 15 ta oʻyin oʻtkazgan[2]. 1980-yilning noyabr oyida jamoani SSSR Oliy ligasiga olib chiqqan. Jamoa 10-noyabr kuni oʻz maydonida Xabarovsk SKAni 3:0 hisobida magʻlub etib, Birinchi ligada gʻolib chiqadi[3].

U 1987—1991-yillarda Indoneziya terma jamoasida bosh murabbiy boʻlgan[4].

Ukrainada xizmat koʻrsatgan murabbiy va Moldovada xizmat koʻrsatgan murabbiy nomiga sazovar boʻlgan[1]. Katta futbol uchun Valeriy Karpin va Igor Dobrovolskiylarni ochdi[5].

Anatoliy Federovich 1995-yilning boshida Tulaning „Arsenal“ klubini boshqarib, 1-sentyabrgacha bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Uning butun faoliyati davomida Tula klubi 27 uchrashuv oʻtkazib, 12 gʻalaba qozongan, 7 ta magʻlubiyat va 8 marta durang qayd etilgan. Ushbu uchrashuvlarda klub futbolchilari 43 ta gol urib, 32 ta gol oʻtkazib yuborishgan[6].

1997-yilgi Rossiya chempionatida „Shinnik“ yuqori oʻrinlar uchun kurashgan, bu esa unga Evropa musobaqalariga kirishga imkon bergan[7]. Polosin mavsumni yakunlamay[7], sogʻligʻi sababli klubni tark etgan va yurak operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrishga qaror qiladi[8]. Uning ketishi chempionatning 21-turidan soʻng, klub turnir jadvalida 13-oʻrinni egallab turgan paytda roʻy bergan[9].

1997-yili 4-sentyabrda Anatoliy Fedorovich Moskva Transplantologiya institutida operatsiya qilingan. Ammo, 11-sentyabrda hushiga kelmay vafot etadi[8].

1997-yil 14-sentyabrda Rossiya Premer-ligasining barcha oʻyinlari Anatoliy Polosin[8] xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadi. „Shinnik“ 1997-yilgi Rossiya chempionati mavsumini yakunlab, 4-oʻrinni egallagan va Intertoto kubogiga yoʻllanma oladi[7].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Афиногентов 2000.
  2. „Полосин Анатолий Фёдорович“ (ru). История Таврии. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  3. „35 лет назад симферопольская "Таврия" завоевала путевку в элиту советского футбола“. Крымский спорт (2015-yil 10-noyabr). 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  4. „Persatuan Sepakbola Seluruh Indonesia“. Football Association Of Indonesia. 2010-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-sentyabr.
  5. „Тренер от Бога“. 2012-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-sentyabr.
  6. „Главные (старшие) тренеры тульских команд мастеров «Труд», «Шахтер», «Металлург», «Машиностроитель», «ТОЗ», «Арсенал»“ (ru). ФК «Арсенал» Тула. 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 Виктор Поляк. „Свой человек“ (ru). Советский спорт (2001-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 „Умер Анатолий Полосин“. Спорт-Экспресс (1997-yil 13-sentyabr). 2014-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Все тренерские отставки российских чемпионатов“. Советский спорт (2000-yil 6-iyun). 2022-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.