Anatoliy Shesteryuk
Anatoliy Stepanovich Shesteryuk (1952-yil 6-iyul Hazorasp, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) – rossiyalik huquqshunos, yuridik fanlar doktori, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti yuridik fakulteti va yer huquqi kafedrasi professori.
Anatoliy Sheteryuk | |
---|---|
Tavalludi |
6-iyul 1952-yil |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Kasbi | Huquqshunos |
Biografiyasi
tahrirShesteryuk 1952-yil 6-iyulda Xorazm viloyatining Hazorasp shahrida tugʻilgan .
1970-yilda A. S. Shesteryuk A. A. Jdanov nomidagi, Lenin ordeni va Mehnat Qizil Bayroq ordenini qoʻlga kiritgan Leningrad davlat universitetining yuridik fakultetiga oʻqishga kirgan va uni 1975-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan.
1975—1978-yillarda A. Shesteryuk kunduzgi aspiranturasida tahsil olgan.
1979-yil 26-aprel A.Shesteryuk „SSSRda atrof-muhit qonunchiligini kodlashtirishning nazariy muammolari“[1] mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (ilmiy rahbar professor A. M. Kalandadze). Nomzodlikning himoyasi Leningrad davlat universitetining yuridik fakultetida boʻlib oʻtgan.
Faoliyati
tahrir1978-yil 26-sentyabrdan A. S. Shesteryuk Leningrad davlat universiteti yuridik fakulteti yer va kolxoz huquqi kafedrasida assistent, 1981-yil 1-iyundan 1993-yil 23-yanvargacha ushbu kafedraning dotsenti lavozimlarida ishlagan.
1993-yil 23-yanvardan 1994-yil 18-martgacha A. Shesteryuk Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining Doimiy komissiyalari bilan ishlash boʻlimi maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
1994-yil 19-martdan 2001-yil 25-aprelgacha A. Shesteryuk Leningrad davlat universiteti yuridik fakultetining huquqiy atrof-muhitni muhofaza qilish kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan.
2000-yil 10-dekabrda M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining yuridik fakultetida „Ekologik huquq: metodologiya muammolari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2].
2008-yil iyul oyida u Federal mulkni boshqarish agentligining Moskvadagi hududiy boshqarmasi direktori oʻrinbosari lavozimini egalladi. 2009-yil iyun oyida u Federal mulkni boshqarish agentligining Moskvadagi hududiy boshqarmasi boshligʻi boʻldi.
Yuridik fanlar doktori, professor Anatoliy Shesteryuk ConsultantPlus maʼlumotlar tizimi maʼlumotlar bazasida 61 ta manbada tilga olingan.
Taʼlim faoliyati
tahrirYuridik fanlar doktori, professor A. S. Shesteryuk M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining yuridik fakultetida 2004-yil 7-fevraldan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U „Rossiya Federatsiyasining taʼsis subyektining atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va davlat nazorati boʻyicha qonunchiligi (Moskva misolida)“ maxsus kursini oʻqitadi.
A. S. Shesteryukning ilmiy tadqiqot yoʻnalishi ekologiya huquqi metodologiyasi muammolari, atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini kodlashtirish muammolaridir.
Nashrlar
tahrir50 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 3 ta monografiya, bir qator darsliklar (hammualliflik) muallifi. „SSSRda atrof-muhit qonunchiligi tizimi“[3], „Atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligini kodifikatsiyalash masalalari“, „Sovet huquqi va atrof-muhitni muhofaza qilish“, „Rossiyaning ekologik huquq“, „Shvetsiyada atrof-muhit huquqi fanining rivojlanishi (maʼruza referati)“, „Ekologiya huquqi: nazariya va metodologiya masalalari“, „Atrof-muhit huquqi va Rossiya Federatsiyasining ekologik qonunchiligini kodlashtirish masalalari“ shular jumlasidandir.
2003-yildan beri A. S. Shesteryuk Moskva hukumati tuzilmalarida, shu jumladan, Moskva shahar tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish departamentining inspektsiya ekologiya nazorati boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. Keyinchalik Rossiya Federal mulk jamgʻarmasi tuzilmalarida ishlagan. „Rossiya jazo tizimini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ oltin medali bilan taqdirlangan[4].
2008-yil iyul oyidan beri A. S. Shesteryuk Moskva shahri boʻyicha Federal mulkni boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, shuningdek 2009-yil iyun oyidan – Moskvadagi Federal mulkni boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ Zaщita kandidatskoy dissertatsii (Wayback Machine saytida 2016-08-11 sanasida arxivlangan), Biznes, menedjment i pravo.
- ↑ Yuridicheskaya Rossiya. Federalniy portal (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan).
- ↑ „Pravovedenie. 1978. № 4.“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
- ↑ medal „Za vklad v razvitie ugolovno-ispolnitelnoy sistemi Rossii“