Anda Šafranska (1960-yil 2-dekabrda Rigada tugʻilgan) — Latviyada tugʻilgan ayol shaxmatchi. U ayol grossmeyster unvoniga ega. Anda Šafranska koʻp yillar davomida Latviyadagi eng yaxshi ayol shaxmatchilaridan biri boʻlib kelgan. U sakkiz marta ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Latviya chempionatida gʻolib boʻladi, jumladan: 1982, 1984, 1990, 1991, 1993, 1994, 1996 va 1997-yillarda muvaffaqiyatli ishtirok etadi.

Shaxmatdagi faoliyati tahrir

Anda Šafranska
Mamlakat

  Fransiya

  Latviya
Tugʻilishi 2-dekabr 1960-yil (1960-12-02) (63 yosh)
Riga, Latviya
Saravha Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 2026 (yanvar 2022-yil)
Yuqori reytingi 2367 (yanvar 2000-yil)

Šafranska Latviya terma jamoasi safida shaxmat olimpiadalarida qatnashgan:[1]

  • 1992-yilda Maniladagi 30-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi taxtada (+6, =0, −6);
  • 1994-yilda Moskvadagi 31-shaxmat olimpiadasida birinchi taxtada (+3, =3, −5);
  • 1996-yilda Yerevanda boʻlib oʻtgan 32-shaxmat Olimpiadasida birinchi taxtada (+6, =4, −4);
  • 2006-yilda Turindagi 37-shaxmat Olimpiadasida qatnashib uchinchi oʻrinni egalladi (+1, =1, −4).

U Latviya terma jamoasi safida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoalar chempionatida oʻynagan:[2]

  • 1992-yilda Debrecendagi ikkinchi taxtada (+2, =2, −3);
  • 1994-yilda Pulada birinchi taxtada (+3, =1, −3).

2000-yildan beri Safranska Fransiyaning Léon shahrida yashaydi va hozirda u Fransiya terma jamoasi safida oʻynaydi.[3] Shu yili u oʻzining eng yuqori balli darajasiga erishgan (2367 ball).

Safranska Fransiya terma jamoasi bilan birga shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan:[4]

  • 2013-yilda Ostonada uchinchi taxtada (+0, =3, −3).[5]

Safranskaya shaxmatning rapid va blits turlarida ham bir qator yuqori natijalarga erishgan. FIDE reytingidagi uning koʻrsatkichi 2102 ball rapid uchun va 2022 ball blits yoʻnalishi boʻyicha. 2014-yildan buyon u FIDE murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda. Safranskaya Anna oʻzining soʻnggi oʻyinini 2022-yilning iyun oyida oʻtkazib oʻz hisobiga 8.2 ball yozdirib qoʻydi.[6] U hozirga qadar qora donalarda oʻynab 295 ta gʻoliblik, 138 ta durang va 155 ta magʻlubiyatli oʻyinlarni oʻtkazgan. Oq donalar bilan boʻlgan oʻyinlardagi natijasi ham qoralarnikidan u qadar farqlanmaydi, jumladan, 287 ta gʻoliblik, 179 ta magʻlubiyat hamda 128 ta durang oʻyinlari.

Shaxsiy hayoti tahrir

Fransiyalik shaxmat boʻyicha grossmeyster Vladimir Lazarev bilan turmush qurgan.

Manbalar tahrir

  1. „Women's Chess Olympiads: Anda Šafranska“. OlimpBase.org. Qaraldi: 20-sentabr 2011-yil.
  2. „European Women's Team Chess Championship: Anda Šafranska“. OlimpBase.org. Qaraldi: 20-sentabr 2011-yil.
  3. „FIDE Transfers in 2010“. FIDE.com. Qaraldi: 20-sentabr 2011-yil.
  4. „World Women's Team Chess Championship :: Anda Safranska“. OlimpBase.org. Qaraldi: 14-mart 2013-yil.
  5. „FIDE Women's World Chess Team Championship - Astana, Kazakhstan, 2-13-mart 2013-yil“. Astana2013.FIDE.com. 7-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2013-yil.
  6. https://ratings.fide.com/profile/11600209