Andijon Semurgʻ trikotaj aksiyadorlik birlashmasi

Andijon „Semurgʻ“ trikotaj aksiyadorlik birlashmasi — yengil sanoat korxonasi. „Oʻzbekengilsanoat“ davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. 1966-yilda Andijon shahrida ishga tushirilgan. 1966-95 yillarda Andijon trikotaj fabrikasi, Andijon trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi nomlari bilan atalgan. 1996-yildan hozirgi nomda. Er-kaklar, ayollar, bolalar trikotaj kiyimlari, sport kiyimlari ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 12 mln. dona tri-kotaj kiyimlari. Korxonada Fransiyaning „Alfa“ firmasi bilan hamkorlikda chet el sarmoyasini jalb etib, jahon an-dozalaridagi trikotaj kiyimlari ish-lab chiqaradigan qoʻshma korxona tashkil etildi.