Andijon davlat chet tillari instituti

Andijon davlat chet tillari instituti — chet tillari sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlaridan biri.

Andijon davlat chet tillari instituti
Turi institut
Asos solingan sanasi 2022-yil
Rektori Dilshod Rustamov
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Joylashuvi
Andijon
,
Oʻzbekiston

Oʻzbekiston prezidenti Andijon davlat chet tillar institutini tashkil etishni 31-maydagi qarori bilan tasdiqladi[1]. Institutda oʻquv jarayoni 2022/2023-oʻquv yilidan boshlanadi va talabalarga ikkita xorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya beriladi. 2023-yil sentabr oyida yangi 1000 o'rinli bino foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan. Loyiha qiymati 29.2 milliard so'mni tashkil qiladi va talabalarning sifatli ta'lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari

tahrir

Xorijiy tillar sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli, ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash; oʻquv jarayonida xalqaro baholash dasturlari, standartlaridan foydalanish, oʻqitish hamda baholashning zamonaviy shakllari, texnologiyalari va metodlarini joriy etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarni tayyorlash; ilmiy loyihalarni amalga oshirish shuningdek, yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etish; xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida oʻz taʼlim dasturlarini shakllantirish va yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan mustaqil ravishda qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish; taʼlimni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, shuningdek, oʻquv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, jumladan, oʻquv jarayonini talabalarda mustaqil taʼlim olish va amaliy, badiiy, sinxron, ketma-ket va ilmiy-texnik tarjima koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirish; institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-oʻqituvchilar stajirovkasi hamda malaka oshirishini xorijiy va nufuzli respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sanaladi[2].

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi

tahrir

2022/2023-oʻquv yilidan

tahrir

1. Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili

2. Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili

3. Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili

4. Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili

5. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

6. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili

7. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

8. Xorijiy til va adabiyoti: rus tili

9. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)

2023/2024-oʻquv yilidan

tahrir

10. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

11. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

12. Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tili

13. Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili

14. Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tili

15. Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili[3]

Magistratura mutaxassisliklari

tahrir

2022/2023-oʻquv yilidan

tahrir

1. Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)

2. Lingvistika (tillar boʻyicha)

3. Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʻyicha)

2023/2024-oʻquv yilidan

tahrir

4. Sinxron tarjima (tillar boʻyicha)

5. Badiiy tarjima (tillar boʻyicha)[3]

Yana qarang

tahrir

Andijon davlat universiteti

Manbalar

tahrir