Andorra-la-Velya
(Andorra la Velladan yoʻnaltirildi)
Andorra-la-velya — Andorra davlatining poytaxti. Sharqiy Pireney togʻlari orasida, Valira daryosi (Ebro havzasi) boʻyida, 1000 m balandligida joylash-gan. Aholisi 21,7 ming kishi (1996). Ispaniyani Fransiya bilan bogʻlaydigan avtomobil yoʻlidagi savdo-transport manzili. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, GES, radiostansiya bor. Xalqaro miqyosdagi turizm markazi. Esdalik bu-yumlari (suvenir) ishlab chiqariladi. Shahar 9-asrda tashkil topgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 1580-yilda qurilgan bino (hozirgi Hukumat qarorgohi) va cherkov (11-asr) bor.
Katalan tili rasmiy tildir, lekin ispan va fransuz tillarida ham gaplashiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |