Andrej Kramarić
Andrej Kramićar (talaffuzi: Andrey Kramarich; 1991-yil 19-iyunda Yugoslaviyada tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, Germaniyaning „Hoffenheim“ futbol klubi va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi.
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 19-iyun 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.77 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | 1899 Hoffenheim | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1997—2009 | Dinamo Zagreb |
Klublardagi faoliyati Tahrirlash
Andrej Kramićar olti yoshida „Dinamo“ futbol maktabida futbol oʻynay boshlagan[1]. „Dinamo“ futbol klubining bolalar va oʻsmirlar jamoalarida oʻynab, turli turnirlarda 450 dan ortiq gol urgan va bu yosh futbolchilar uchun klub rekordiga aylangan[2]. 2012-yilning fevralida Andrej Kramićar mavsum oxirigacha „Lokomotiv“ futbol klubiga ijaraga berilgan. „Lokomotiv“ futbol klubida u Janubi-Sharqiy Yevropaning eng malakali hujumchilaridan biriga aylangan va „Lokomotiv“ bilan o‘tkazgan bir yarim mavsumda 44 ta o‘yinda 20 ta gol urgan. „Lokomotiv“ futbol klubidagi birinchi toʻliq mavsumida u 15 ta gol bilan toʻpurarlari poygasida ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u oʻz jamoasiga Xorvatiya kubogi finaliga chiqishga yordam bergan.
2015-yilning 8-yanvarida premer liganing „Leicester Cityi“ futbol klubi Andrej Kramićar bilan uch yarim yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati Tahrirlash
Andrej Kramićar Xorvatiyaning turli yoshlar terma jamoalarida jami 53 marta maydonga tushgan va 22 ta gol urgan. U 2005-yilning 31-martida Bavariya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushgan. U oʻsha paytda 14 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻynagan va jami ikkita oʻyinda ishtirok etgan. Keyin Andrej Kramićar 16 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlgan toifalarda raqobatlasha boshlagan. U 16 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida oʻrtoqlik uchrashuvlarida jami yettita oʻyinda maydonga tushib, toʻrtta gol urgan. 17 yoshgacha boʻlganlar uchun esa u 12 marta maydonga tushib, oltita gol urgan[3]. U, shuningdek, 2008-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyinlarining barchasida ishtirok etgan. 18 yoshgacha boʻlganlar darajasida Andrej Kramićar toʻqqiz marta maydonga tushgan va uchta gol urgan[4].
2008-yilda u 19 yoshgacha boʻlgan jamoada oʻynashni boshlagan va u bilan 2010-yilgi EURO-19 futbol boʻyicha Yevropa chempionatining yarim finaliga chiqgan[5]. U 2009-yilning 5-sentyabrida Norvegiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan va 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi birinchi golini urgan[6].
Statistika Tahrirlash
Jamoa | Mamlakat | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|---|
G. N. K. Dinamo Zagreb | Xorvatiya | 2009—2013 | 57 | 13 |
N. K. Lokomotiva | Xorvatiya | 2011—2013 | 51 | 24 |
H. N. K. Rijeka | Xorvatiya | 2013—2015 | 65 | 56 |
Leicester City F. C. | Xorvatiya | 2015—2016 | 20 | 4 |
TSG 1899 Hoffenheim | Xorvatiya | 2016 | 209 | 101 |
Manbalar Tahrirlash
- ↑ „Tri nova bisera omladinske škole“ (Croatian). Dinamo Zagreb (17-iyun 2009-yil). Qaraldi: 5-sentyabr 2009-yil.
- ↑ „Kramarić je za Dinamo već zabio 450 golova!“ (Croatian). Jutarnji list (29-iyun 2009-yil). Qaraldi: 5-sentyabr 2009-yil.
- ↑ „Andrej Kramarić postigao pogodak u službenom debiju za reprezentaciju Hrvatske“. mojarijeka.hr. 10-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentyabr 2014-yil.
- ↑ „Kramarić: Golom se zahvaljujem i izborniku Ladiću“. Dinamo Zagreb (7-sentyabr 2009-yil). Qaraldi: 7-sentyabr 2009-yil.
- ↑ „Kramarić je igrao kao "Novi Eduardo", a Halilović pokazao da je klasa i egoist“. index.hr. 19-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-sentyabr 2014-yil.
- ↑ „Statistike - Nastupi: Andrej Kramarić“. Croatian Football Federation. 19-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-avgust 2010-yil.