Andrey Belousov
Andrey Removich Belousov (ruscha: Андре́й Рэ́мович Белоу́сов; 1959-yil 17-mart, Moskva, RSFSR, SSRI) — rus davlat arbobi va iqtisodchisi. 2020-yil[1] 21-yanvardan 2024-yil 7-maygacha Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari[2].
Andrey Belousov | |
---|---|
ruscha: Андре́й Рэ́мович Белоу́сов | |
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri | |
Mansab davri 14-may 2024-yil – hozirgacha | |
Prezident | Vladimir Putin |
Bosh vazir | Mixail Mishustin |
Oʻtmishdoshi | Sergey Shoygu |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-mart 1959-yil Moskva, RSFSR, SSRI |
Fuqaroligi | → |
Millati | rus |
Siyosiy partiyasi | partiyasiz |
Turmush oʻrtogʻi | Larisa Vladimirovna Belousova (1961) |
Bolalari | Pavel (1994) |
Onasi | Alisa Pavlovna Belousova (Travnikova) (1934—2015) |
Otasi | Rem Aleksandrovich Belousov (1926-2008) |
Taʼlim | Moskva davlat universiteti |
Kasbi | iqtisodchi |
Dini | Pravoslav |
Ilmiy unvoni | Iqtisod fanlari doktori |
Unvoni |
1-darajali Rossiya Federatsiyasi Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchisi |
Bolaligi
tahrirAndrey Belousov 1959-yil 17-martda Moskvada iqtisodchi Rem Belousov va radiokimyogar Alisa Belousova oilasida tugʻilgan.
Otasi Rem Aleksandrovich Belousov iqtisodchi boʻlib, OAV maʼlumotlariga koʻra, narx va menejment sohasidagi sovet ilmiy maktabining asoschisi boʻlgan hamda „Kosigin“ islohotini tayyorlashda ishtirok etgan va keyinchalik SSRIning iqtisodiy tarixi oʻrganish bilan shugʻullangan. Onasi, Alisa Pavlovna (qizlik familiyasi Travnikova) radiokimyogar boʻlib, nodir elementlar kimyosini oʻrganish bilan shugʻullangan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Sergey Shoygu lavozimini tark etmoqda“. Kun.uz (2024-yil 12-may). Qaraldi: 27-dekabr.
- ↑ „Что известно об Андрее Белоусове“ (ru). tass.ru. TASS (2024-yil 12-may). Qaraldi: 27-dekabr.