Andrey Dyrov
Andrey Yakovlevich Dyrov (1903-yil 15-sentyabr —1977-yil 5-sentyabr) – "Shon-sharaf" ordenining toʻliq sohibi, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi.
Andrey Dyrov | |
---|---|
Tavalludi | 1903-yil 15-sentyabr |
Vafoti |
1977-yil 5-sentyabr) Fargʻona |
Xizmatdagi yillari | 1925—1927, 1941—1945 |
Unvoni | SSSR, katta serjant |
Mukofotlari | Qizil yulduz ordeni ,Shon-sharaf ordeni |
Biografiyasi
tahrirAndrey Dyrov 1903-yil 15-sentyabr kuni Lyagushovka qishlogʻida, hozirgi Penza viloyatining Belinskiy tumanida tugʻilgan.
Dastlab 1925—1927-yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan, soʻngra Fargʻona shahridagi doʻkonda sotuvchi boʻlib ishlagan.
1941-yil avgustda Qizil Armiya safiga chaqirilgan va 1942-yil avgustdan Ikkinchi Jahon urushi janglarida qatnashgan[1][2]. 1944-yil 11-fevralda 3-darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan. 1944-yil 14-iyulda Volin viloyati Goroxovskiy tumani Porvanche qishlogʻi yaqinida, Shtir daryosidan 20 km gʻarbda jangchilar bilan birgalikda 2 ta bronetransportyor va 10 dan ortiq fashistlarni yoʻq qildi. 1944-yil 10-noyabrda 2-darajali Shon-sharaf ordeni va 945-yil 27-iyunda 1-darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlangan[3].
1945-yil sentyabr oyida demobilizatsiyadan keyin Fargʻonada yashab ijod qilgan. Duradgor boʻlib ishlagan.
Andrey Dyrov 1977-yil 5-sentyabrda vafot etgan.
Mukofotlari
tahrir- Qizil Yulduz ordeni (389-piyoda diviziyasi uchun 05.09.1943-yildagi № 021 / n buyrugʻi).
- 1-darajali Shon-sharaf ordeni (27.06.1945)
- 2-darajali Shon-sharaf ordeni (11.10.1944)
- 3-darajali "Shon-sharaf" ordeni (02.11.1944)
Adabiyotlar
tahrir- Kavaleri ordena Slavi tryox stepeney: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii D. S. Suxorukov. – M.: Voenizdat, 2000. – 703 s. – 10 000 ekz. – ISBN 5-203-01883-9.
- Yemelyanov S. I. Po zovu Rodini: Ocherki boevogo puti 389 Berdichevsko-Keleskoy ordenov Boevogo Krasnogo Znameni, Aleksandra Suvorova 2 st., Bogdana Xmelnitskogo 2 st., strelkovoy divizii v godi Velikoy Otechestvennoy voyni 1941—1945 gg. – Sterlitamak, 1993. – 334 s.
- Kurguzov I. P. Soldatskaya doblest. – Tashkent, 1970. – S. 149—154.
Manbalar
tahrir- ↑ „Дыров Андрей Яковлевич“.
- ↑ TsAMO RF: fond 33; opis 686044; edinitsa xraneniya 1401
- ↑ [https://encyclopedia.mil.ru/encyclopedia/gentlemens/hero.htm?id=11464464%40morfHeroes „Министерство обороны Российской Федерации (Минобороны России)“].