Andrey Yefremovich Fatyanov (1906-yil 14-sentyabr – 1942-yil 24-sentyabr) – 14-armiyaning 5-alohida tezyurar bombardimonchi aviatsiya polkining eskadron komandiri yordamchisi, katta leytenant[1]. Sovet Ittifoqi Qahramoni.

Andrey Yefremovich Fatyanov
Tavalludi 14-sentyabr 1906-yil
Novaya Dmitrievka, Rossiya imperiyasi
Vafoti 24-sentyabr 1942-yil(1942-09-24)
(36 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Jang/urush

Sovet-Fin urushi (1939–1940)

Ulugʻ Vatan Urushi
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Andrey Yefremovich Fatyanov 1906-yil 1-sentyabrda Novaya Dmitrievka qishlogʻida (hozirgi Ulyanovsk viloyati Radishchevskiy tumanida) dehqon oilasida tugʻilgan[2][3]. Millati rus. Qishloq xoʻjaligida va qurilishda ishchi boʻlib ishlagan.

1928-yil sentyabrda O‘zbekiston SSR Toshkent shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Kichik komandirlar maktabini, 1931-yilda Kachin harbiy uchuvchilar maktabini tamomlagan. 1939–1940-yillardagi Sovet-Fin urushida qatnashgan. 5-alohida tezyurar bombardimonchi aviatsiya polkining eskadron komandiri yordamchisi katta leytenant Andrey Fatyanov dushman qoʻshinlari, temir yoʻl kesishmalari va bazalarini bombardimon qilish boʻyicha oltita muvaffaqiyatli jangovar missiyani amalga oshirgan. A.E.Fatyanov 1940-yil 4-fevralda dushman hududida urib tushirilgan eskadron samolyotini topib, u yerga qoʻngan va ekipajni oʻz aerodromiga yetkazgan.

Katta leytenant Andrey Yefremovich Fatyanov SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1940-yil 7-maydagi farmoni bilan "Finlyandiya oq gvardiyachilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini naʼmunali bajarganligi, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun „Lenin ordeni“, „Oltin yulduz“ medali va „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan.

Andrey Yefremovich Fatyanov 1941-yildan Ulugʻ Vatan urushi frontlarida, soʻngra Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida sinovchi uchuvchi boʻlgan. 1942-yil 24-sentabrda sinov parvozi chogʻida halok boʻlgan. U Toshkent shahrida dafn qilingan[4].

Adabiyotlar tahrir

  • Герои Советского Союза — узбекистанцы. — Ташкент, 1984.
  • Книга:Герои Советского Союза 2

Manbalar tahrir

  1. „Фатьянов, Андрей Ефремович“. www.unionpedia.org. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  2. „Сведения об Андрее Фатьянове из учётно-послужной картотеки“. www.poisk.re. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  3. „ФАТЬЯНОВ АНДРЕЙ ЕФРЕМОВИЧ“. www.ulrgo.ru. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  4. „ФАТЬЯНОВ АНДРЕЙ ЕФРЕМОВИЧ“. www.war-heroes.uz. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.

Havolalar tahrir