Andrey Mitrofanovich Ivanov — sovet madaniyat arbobi, shoir, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Andrey Mitrofanovich Ivanov
„Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharriri-
Mansab davri
1954 – 1960-yillarda
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-may 1902-yil
Penza
Vafoti 9-iyun 1990-yil (88 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Ivanov Andrey 1902-yilda Penza shahrida tug‘ilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Andrey Mitrofanovich 1929-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1929-1986-yillarda ijodiy xodim, O‘zbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi, „Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi, Hamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofotlari qo‘mitasining adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik yo‘nalishidagi mas’ul kotibi vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.

Davlat va siyosat arbobi Andrey Ivanov 1990-yilda Toshkentda vafot etgan va shahardagi Do‘mbrobod qabristoniga dafn etilgan.

Kompozitsiyalari tahrir

Ivanov Andrey Mitrofanovichning "Osiyo torlari" (1947-yil), „Mirzacho‘l bahori“ (1950-yil), „Quyoshli kengliklarda“ (1951-yil), „Qorli Chotqol tog‘larida“ (1954-yil), „Orol dengizida yurish“ (1956-yil) „Tanlanganlar“ (1957-yil), „Quyosh o‘z zenitida“ (1958-yil), „Titrayotgan bahor“ (1960-yil), „Shovqinli daraxtlar“ (1962-yil), „Asr yangiligi“ (1964-yil), „Vaqt siqilib tasvirga aylanadi“ (1967-yil), „Vaqt radiatsiyasi“ (1970-yil), „Umidlarimning kunduzi“ singari  qator sheʼriy to‘plamlari chop etilgan.

Shuningdek, bolalar uchun „Yaxshi yigitlar“ (1951-yil), „Tolya haqida“ (1953-yil), „Oq-Tosh“, „Paxtaga tashrif“, „Polkash“ (1961-yil), „Ivasik“ (1962-yil), „Mard Yegorka“, „O‘rmon bo‘tqasi“ (1968-yil), „Mana ular qanaqa“ (1974-yil) kabi  asarlarilari nashr qilingan.

Havolalar tahrir