Andrey Molchanov (tadbirkor)
Andrey Yuryevich Molchanov ( ruscha: Андрей Юрьевич Молчанов 1971-yil 24-sentyabrda tugʻilgan) – rossiyalik tadbirkor. Iqtisodiyot fanlari doktori. Rossiyaning faxriy quruvchisi[1]. U LSR guruhi (OAJ) asoschisi va asosiy aktsiyadori va Leningrad viloyatining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashidagi sobiq vakili hisoblanadi.
Andrey Yuryevich Molchanov | |
---|---|
Андрей Юрьевич Молчанов | |
Mansab davri 30-yanvar 2008-yil – 17-April 2013-yil | |
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi masalalari qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2009-yil dekabr – 2013-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-sentyabr 1971-yil Sankt-Peterburg, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi |
Millati | Rus |
Alma mater | Sankt-Peterburg davlat universiteti |
Maʼlumoti
tahrir1993-yilda Molchanov Sankt-Peterburg Davlat universitetining iqtisodiy fakultetini, 1998-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat boshqaruvi akademiyasini (RAPA) tamomlagan. Andrey Molchanov iqtisod fanlari doktori unvoniga ham ega[2].
Bizneslari
tahrir1993-yilda u Sankt-Peterburgda tadbirkorlik faoliyatini boshladi. U "Stroydetal" OAJni sotib oldi, unga duradgorlik buyumlari, beton, temir-beton buyumlar va metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish. Mixail Romanov, Andrey Molchanovning amakisi bosh direktor boʻldi[3].sohalarini kiritdi.
1999-yilda "NPO Keramika" Yopiq aktsiyadorlik jamiyatini sotib olish bilan LSR Group Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatidagi eng yirik gʻisht ishlab chiqaruvchi tadbirkorkorlardan biri boʻldi[4].
2003-yilda mexanizatsiyalashgan xizmatlar bozoriga kirish toʻg'risida qaror qabul qildi, buning uchun "UM-260" minora kranlarini ishlatish kompaniyasi sotib oldi[5].
LSR guruhi
tahrir2013-yilning aprelidan 2015-yilning apreligacha LSR guruhi direktorlar kengashi raisi lavozimida ishlagan[6].
2015-yil 18-maydan buyon LSR guruhi va LSR MChJ bosh direktori lavozimida ishlab kelgan[7].
2016-yil 21-martda u Qurilishdagi oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlarning XI Butunrossiya Kongressida Quruvchilar milliy assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi.
2017-yilda u Delovoy Peterburg gazetasi tomonidan yilning eng yaxshi menejeri deb topildi[8].
2018-yilda Andrey Molchanov Leningrad viloyatining faxriy fuqarosi unvoniga sazovor boʻldi. 2018-yil may oyida LSR guruhi direktorlar kengashi Molchanovni keyingi uch yilga bosh direktor etib qayta sayladi[9].
2019-yilda u "Delovoy Peterburg" nashri boʻyicha eng yaxshi top-menejerlar reytingida "Uy-joy qurilishi" nominatsiyasida gʻolib chiqdi[10].
Siyosatdagi faoliyati
tahrirSaylovning birinchi bosqichi majoritar tizimda o‘tkazildi, 50 nafar deputat okruglar tomonidan saylandi. Molchanov ikkinchi bosqichga chiqdi va u yerda Aleksandr Proxorenkoga yutqazdi[11].
Andrey Molchanov Leningrad viloyati gubernatori (2008-yil yanvar oyida saylangan)[2] va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi masalalari boʻyicha Federatsiya Kengashi qoʻmitasi raisi (2009-yil dekabr oyida saylangan) Valeriy Serdyukov vakili boʻlgan Federatsiya Kengashi aʼzosi edi[2]. Leningrad viloyati vakili sifatida u 2008-yildan 2013-yilgacha Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi aʼzosi edi[3].
Xayriya ishlari
tahrir2022-yilda u meʼmor Konstantin Melnikovning Krivo-Arbatskiy koʻchasidagi uyini tiklash uchun 2,5 million dollar ajratdi.
Daromadi va mulklari
tahrirMolchanov 120 million dollarlik Aurora nomli yaxtaga ega[12]. U yana Kipr fuqaroligiga ham ega[13].
2018-yil yanvar oyida Molchanov Qoʻshma Shtatlar Gʻaznachilik departamentining Vladimir Putinga yaqin boʻlgan "oligarxlar ro'yxati"ga kiritildi[14]. AQSh maʼmuriyati qonunga koʻra eʼlon qilishi kerak boʻlgan roʻyxatga 114 nafar yuqori martabali siyosiy arbob va 96 nafar oligarx kiritilgan boʻlib, ularning barchasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin davrida mashhurlikka erishgan[15].
Oilasi
tahrirMolchanov uylangan, olti farzandi bor[3]. Molchanovning rafiqasi – Elizaveta Molchanova. U xayriya ishlari bilan shugʻullanadi va "Dobrotorium" jamgʻarmasining tashabbuskori hisoblanadi[16].
Uning oʻgay otasi Yuriy Molchanov Leningrad davlat universiteti (LDU) xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori boʻlgan[17]. 2004 – 2012-yillarda Sankt-Peterburg gubernatorining oʻrinbosari boʻlgan[18].
Manbalar
tahrir- ↑ „Область выбрала почетных граждан“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Molchanov Andrey Yuriyevich“ (ru). совет федерации / Члены Совета Федерации website (Federation Council / Federation Council Members website). 2008-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 23-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Molchanov Andrey Yuriyevich“ (ru). Delovoy Peterburg. 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
- ↑ „Монополисты поделят рынок стройматериалов“.
- ↑ „Группа ЛСР приземлилась в Москве“.
- ↑ „Радио ЭХО Москвы :: Новости / Совет Федерации лишился ещё одного из членов“. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-aprel.
- ↑ „Гендиректором группы ЛСР стал ее основатель Андрей Молчанов“. vedomosti.ru. 2017-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Награждение лучших топ-менеджеров года“.
- ↑ Андрей Молчанов на три года переизбран гендиректором Группы ЛСР. 17.05.2018
- ↑ „ТОП-100 — 2020“.
- ↑ „Андрей Молчанов: путешествие из Петербурга в Москву. Forbes 14.10.2015“. 2022-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
- ↑ „AURORA Yacht - Andrey Molchanov's $120M Superyacht“ (en-US) (2021-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
- ↑ Наталья Демченко. „Кипр аннулирует паспорта четверых попавших под санкции россиян“ (ru). Rbc.ru (2022-yil 7-aprel). Qaraldi: 2022-yil 20-may.
- ↑ „Russian Individuals Named on US 'Oligarch List'“. VOA (2018-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
- ↑ „The full 'Putin list' of Russian oligarchs and political figures released by the US Treasury“. edition.cnn.com.
- ↑ „К Международному дню защиты детей“.
- ↑ „Молчанов Андрей Юрьевич“ (en-US). Forbes.ru (2011-yil 15-aprel). Qaraldi: 2021-yil 16-may.
- ↑ „Молчанов Юрий Вячеславович биография и пресс-портрет“ (ru). whoiswho.dp.ru. Qaraldi: 2021-yil 16-may.