Albin Sergey Yulyevich1881-yili tug‘ilgan, Kuybishev o‘lkasi Rastovka qishlog‘idan, sobiq yirik yer egasi, zemstvo boshlig‘i, hibsga olingan vaqtda Xonqa rayoni omonat kassasida hisobchi bo‘lib ishlayotgan bo‘lgan. Mavjud tuzumga avvaldan dushman kayfiyatda bo‘lib xizmatchilar orasida doimiy ravishda mag‘lubiyatchilik ruhida aksilinqilobiy tashviqot olib borib podsholik davridagi hayotni maqgaganlikda, Sovet Ittifoqidagi ocharchilik to‘g‘risida tuhmat mish-mishlar tarqatganlikda ayblangan. Tilyayev Mulla Nurmat — 6413-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan. U 1892-yili tug‘ilgan, Xonqa rayoni Tama-Durgadik qishloq sovetidan, ruhoniy, imom. 1932-yili kamomad uchun 5 yil qamoq jazosiga hukm etilgan, jazoni o‘tagan. Aholi orasida partiya va hukumatning tadbirlarini barbod qilishga qaratilgan targ‘ibot olib borganlikda, kolxozchilarni paxta ekmaslikka chaqirganlikda, mag‘lubiyatchilik tashviqoti olib borganlikda, sovet hokimiyatiga bo‘htonlar yog‘dirganliqsa, monarxik tuzumni maqtaganlikda ayblangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 77-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.