Andrey Vladimirovich Pyatnitskiy (1967-yil, 27-sentabr, Toshkent[1]) —  oʻzbek va rus futbolchisi, yarim himoyachi va murabbiy. SSSR sport ustasi (1986-yil), SSSR xalqaro sport ustasi (1991-yil).

Andrey Vladimirovich Pyatnitskiy
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 27-sentyabr 1967-yil (1967-09-27) (56 yosh)
Tavallud joyi ToshkentOʻzbek SSRSSSR
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
 RUS Arsenal-2 — Bosh murabbiy
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet Ittifoqi Start (Toshkent)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983—1984
1985
1986—1987
1988—1991
1992—1997
1992—1997
1998
2001
2002
Sovet Ittifoqi Start (Toshkent)
Sovet Ittifoqi „Paxtakor“
Sovet Ittifoqi SSKA
Sovet Ittifoqi Paxtakor
Rossiya Spartak (Moskva)
Rossiya Spartak-d (Moskva))
Rossiya Sokol (Saratov)
Rossiya Shatura
Rossiya Almaz (Moskva)
(2 (0)
21 (0)
32 (5)
120 (25)
100 (17)
26 (5)
2 (1)
KFK
KFK)
Milliy terma jamoa
1990
1990
1992
1992
1993—1995
Sovet IttifoqiSSSR (21 yoshgacha)
Sovet IttifoqiSSSR
MDH
OʻzbekistonOʻzbekiston
RossiyaRossiya
(
1 (0)
5 (2)
2 (0)
10 (2))
Boshqargan klublari
2002—2003
2003
2006
2008—2012
2013—2014
2013—2014
2015—2016
2016—2018
2019—2020
2020
2020
2021
2021
2021- h.v.
Rossiya Almaz (Moskva) murabbiy
Rossiya Gazavik
RossiyaVityaz (Podolsk)
Rossiya Cherenkov nomidagi fut. akademiyasi bolalar.mur.
Rossiya Spartak (Moskva) murabbiy
RossiyaSpartak-yosh. (Moskva)
RossiyaRossiya- 1999-yilda tugʻil. (Moskva)
RossiyaRossiya (Moskva)
RossiyaXimik-Arsenal katta murab.
RossiyaXimik-Arsenal v.b
RossiyaXimik-Arsenal
RossiyaXimik-Arsenal katta murabbiy
RossiyaArsenal-2 katta murabbiy
RossiyaArsenal-2
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai hol

tahrir

Andrey faoliyatining ilk yillarida Toshkentda oʻynay boshlagan. Birinchi murabbiyi Komarnitskiy Vladimir Dementiyevich boʻlgan. Birinchi jamoasi Toshkentning  „Start“ klubi. 1985-yilda futbolchi „Paxtakor“ga oʻtadi va birinchi ligada oʻynay boshlaydi. Keyingi yili u armiyaga chaqiriladi va SSKA (markaziy harbiy sport klubi)da „xizmat qiladi“. 1988-yilda jamoaning katta ligaga qaytishiga yordam berish istagida „Paxtakor“ga qaytadi. Bu ish 1990-yilda amalga oshadi.

1992-yilda Tarxanov futbolchini „Paxtakor“da oʻynashi borasida hech qanday istiqbol yoʻqligini aytib, „Spartak“ga oʻtishga koʻndiradi[2]. „Spartak“ tarkibida u besh marta Rossiya chempioni boʻlgan. 1996-yilda jamoa sardori etib saylanadi.

90-yillarning oʻrtalarida toʻpigʻidan jarohat olib, uzoq vaqt davolandi va maydonga qaytgach, avvalgidek, maydonda toʻp sura olmaydi.

Faoliyati davomida SSSR/MDH, Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalarida oʻynagan.

1994-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullangan. 2008-yil noyabr oyidan 2012-yil dekabrigacha „Spartak“ sport maktabi murabbiyi (Moskva) lavozimida ishlagan. 2013-yil iyul oyidan 2014-yil aprel oyiga qadar „Spartak“ (Moskva) yoshlar jamoasi katta murabbiyi vazifasida ishlagan. 2014-yil 23-aprelda oilaviy sabablarga koʻra lavozimni tark etgan[3]. 2015-yilning yanvar oyidan 1999-yilda yangi tashkil etilgan Moskvaning „Rosich“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. Keyinchalik „Rosich“ klubining asosiy jamoasini boshqargan[4].

2019-yildan buyon „Ximik-Arsenal“ klubi bosh murabbiyi. 2020-yilda Sergey Podpali Tulaning „Arsenal“ klubiga tayinlangach, u bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi boʻldi.

Yutuqlar

tahrir
  • 1992-, 1993-, 1994-, 1996-, 1997-yillarda Rossiya chempioni;
  • 1991—1992-yillarda SSSR kubogi gʻolibi;
  • 1993—1994-yillarda Rossiya kubogi gʻolibi;
  • 1990-yil Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni (21 yoshgacha SSSR terma jamoasi tarkibida);
  • 1993-yil Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi (4 oʻyin, 3 gol);

Shaxsiy

tahrir
  • 1991-yil SSSRda mavsumning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxatida (1) -  № 3;
  • 1992-, 1993-, 1994-yillarda Rossiya chempionatining 33 nafar eng yaxshi futbolchisi roʻyxatida (3): № 1.

Oilasi

tahrir

Turmush oʻrtogʻi Svetlana  va  Daria (1994-yil 9-iyulda tugʻilgan) ismli qizi bor.

Manbalar

tahrir
  1. „Тошкентда туғилган Андрей Пятницкий Ўзбекистонга қайтмоқда.“ (2023-yil 23-dekabr).
  2. Paxomov S. Andrey Pyatnitskiy: Mechtayu o fransuzskoy otbivnoy // Sport-Ekspress Futbol. — 1996. — № 27. — s. 3.
  3. „Pyatnitskiy po semeynim obstoyatelstvam ne smojet rukovodit molodyojnim sostavom“. 24-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
  4. Bivshiy igrok „Spartaka“ — trener molodyojnoy komandi „Rosich“