Andrey Lvovich Zaykin (ruscha: Заикин, Андрей Львович; 1968-yil 15-avgust, Toshkent,[1] —1993-yil 1-iyun, Sankt-Peterburg) – sovet, oʻzbek va rus sobiq futbolchisi, darvozabon ampulasida oʻynagan.

Andrei Zaykin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrei Lvovich Zaykin
Tavallud sanasi 15-avgust 1968-yil
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 1-iyun 1993-yil(1993-06-01)
(24 yoshda)
Vafot joyi Sankt-Peterburg, Rossiya
Boʻyi 186 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1984—1986 Paxtakor FK 1 (0)
1986 Shaxtyor Angren 7 (0)
1987 Zarafshon 11 (0)
1988—1989 SKA Rostov 19 (0)
1990—1991 Zenit 11 (0)
1991 Pardaugava 10 (0)
1991—1992 Zenit 2 (0)
1992 Neftchi 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Toshkent shahridagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiyi S. A. Arutyunov. 1984—1986-yillarda „Paxtakor“ jamoasi tarkibida oʻynagan. Paxtakor jamoasini tark etganidan soʻng 1986-yilda „Shaxtyor“ (Angren) va 1987-yilda „Zarafshon“ (Navoiy) klublarida ham oʻynagan.

Rossiya chempionatlarida

tahrir

1988—1989-yillarda SKA Rostov klubi tarkibida oʻynagan. Bu davrda 19 oʻyin oʻtkazib 32 ta gol oʻtkazib yuborgan.

1990-yilda Leningradning „Zenit“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 1991-yilda Latviyaning Pardaugava uchun 10 ta oʻyin oʻtkazgan va keyinchalik „Zenit“ klubi tarkibiga qaytgan. 1992-yilda Andrey Rossiya oliy ligasida ikkita oʻyin oʻtkazgan.

1993-yil 1-iyunda 25 yoshida Zaykin ogʻir va davolab boʻlmaydigan kasallikdan vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Буква «З»“. 2014-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.

Havolalar

tahrir