Andy Serkis
Andrew Clement Serkis (1964-yil 20-aprelda tugʻilgan) — buyuk britaniyalik aktyor, rejissor, produser va hikoyachi. BAFTA mukofotining gʻolibi (2020), „Oltin globus“ (2007) va „Emmy“ (2009) mukofotlari nomzodi.
Andy Serkis | |
---|---|
![]() | |
Tugʻilishi |
Andrew Clement Serkis 20-aprel 1964-yil (56 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | aktyor, rejissor, hikoyachi, produser |
Faoliyat yillari | 1980-yildan |
Mukofotlari | BAFTA (2020) |
Bolalari | 3 |
IMDb | ID 0785227 |
Peter Jacksonning „Uzuklar hukumdori“ va „Hobbit“ trilogiyalarida Gollum rolini ijro etgan. „Hobbit“ trilogiyasining yordamchi rejissorlaridan biri. Serkis „Maymunlar sayyorasi“ trilogiyasi, „Qora Pantera“, „Qasoskorlar: Ultron erasi“ kabi filmlarda rollar ijro etgan.