Anglikanlik - protestantlikdagi oqimlardan biri. Angliyaning davlat dini, XVI asrda Reformasiya harakatdavomida paydo bo‘ldi. 1534-yilda mahalliy katolik cherkovi Rim bilan aloqasini uzgandan so‘ng, ingliz parlamenti qirol Genrix VIII ni Cherkov rahbari etib e’lon qildi. Buning oqibatida Angliya Cherkovi qirol hokimiyatiga bo‘ysundirildi. Angliyada monastirlar yopildi, cherkovning yer mulklari kamaytirildi, avliyolar, ikonalar, haykallar va tabarruk yodgorliklar soni qisqartirildi. Martin Tyudorqirolligi davrida katolik partiyaning g‘alaba qozonishi oqibatida ko‘pchilik protestantlar qatl qilindi. Qirolicha Yelizaveta I (1559 - 1603) hokimiyati davomida Anglikan dinining ahvoli barqarorlashadi. XVI asrning o‘rtalarida ibodatlarni ingliz tilida olib borish kiritildi, ro‘zalar (postlar), syelibat bekor qilindi, ikonalar musodara qilindi.1571-yilda anglikanlik dini ramzi sifatida «39modda» qabul qilindi. Unda cherkovning najot keltiruvchi kuchi haqidagi g‘oya qoldirildi, Katoliklikdagi singari iyerarxiya saqlanib, lekin Muqaddas rivoyatlar ta’limot manbasi sifatida bekor qilindi va atigi ikki sirli marosim - cho‘qintirish hamda vino va non bilan tamaddi qilish saqlanib qoldirildi. Dunyoda 68 mln.yaqin anglikanlar mavjud bo‘lib, ular Angliya, Irlandiya, Shotlandiya, AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 36.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.