Aniqlovchi – gapning ikkinchi darajali bo‘lagi. Narsa, hodisa nomiga tobelanib, uning belgisi (xususiyati, sifati)ni anglatadi. A.ning uch turi mavjud: a) izohlovchi A. (boshqa nomni bildiradi, mas, o‘zbek shoiri Furqat); b) sifatlovchi A. (mas, keksa tog‘lar); v) qaratuvchi A.– belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z bilan ifodalanadi (mas, suvning beti yoki suv beti).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil