Anishinaabelar yoki anishinabelar[izoh 1] — AQSh va Kanadada Buyuk koʻllar boʻyida yashovchi indeys xalqlar guruhi. Bu guruh ojibvelar, Ottava qabilasi, potavatomilar, mississaugalar, nipissinglar va algonkinlar urugʻlarini oʻz ichiga oladi. Anishinaabelar algoninlar tillariga kiruvchi anishinaabe tillarida soʻzlashadilar. „Anishinaabe“ koʻp holatlarda „ojibve“ soʻziga sinonim oʻlaroq koʻriladi, ammo bu aslida xato. „Anishinaabe“ atamasi bir necha urugʻni oʻz ichiga oladi.

Anishinaabelar

Anishinaabelar tamgʻasi
Oʻz nomi Anishinaabe
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Kanada (Kvebek, Ontario, Manitoba)
AQSh (Kanzas, Michigan, Minnesota, Shimoliy Dakota, Oklahoma va Viskonsin)
Til Ingliz, fransuz, ojibve (jumladan, Ottava shevasi), potavatomi hamda algonkvin
Dini Katolitsizm, metodizm va boshqalar
Oʻxshash xalqlar Ottava, ojibvelar, potavatomilar, algonkinlar va Kanada metislari

Yevropaliklar qitʼaga birinchi marta kelganida anishinaabelar Kanadaning janubi-sharqiy va AQShning shimoliy-sharqiy hududida hamda Subarktikada yashayotgan boʻlgan. Keyinchalik bu xalqlarning ayrimlari Buyuk tekisliklarda ham yashay boshlagan.

„Anishinaabe“ soʻzi „pastga otlangan odamlar“ maʼnosini anglatadi. Boshqa talqinga koʻra, atama „yaxshi insonlar“ maʼnosini anglatib, yaratgan Gitche Manitou, yaʼni Buyuk ruh tomonidan berilgan toʻgʻri ketayotgan xalqlarni nazarda tutadi. Ojibve tarixshi va tilshunos Basil Johnston atamani soʻzma-soʻz tarjima qilsa, „hech narsadan yaralgan mavjudotlar“ yoki „spontan mavjudodlar“ maʼnosini anglatishini eʼtirof etgan. Anishinaabelar ajdodlari muqaddas nafasdan yaralganiga ishonadilar[1].

Izohlar

tahrir
  1. Algonvkin tilidan olingan anishinaabeg va anishinabek shaklidagi koʻplik formalari ham qoʻllanadi

Manbalar

tahrir
  1. Johnston, Basil. Ojibway Heritage. Lincoln, NE: University of Nebraska Press, 1990 — 15-bet. ISBN 0803275722. 

Havolalar

tahrir