Anjir Fagʻnaviy
MAHMUD ANJIR FAGʻNAVIY — mashhur shaxs Xoʻjagon-Naqshbandiya silsilasining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning uchinchisi edi. MAHMUD ANJIR FAGʻNAVIY XII asr oxirida Vobkent tumanidagi hozirgi Anjirbog‘ qishlog‘ida tugʻilgan.
Xoʻjagonlik silsilasi haqida
tahrirMAHMUD ANJIR FAGʻNAVIY Xoʻja Orif Mohitobon — Revgariydan tahsil olib, uning vafotidan so‘ng xoʻjagonlik silsilasini boshqargan. "Silsila-i sharif"da 12-halqaning piri hisoblanadi. Xufiyona (yashirin) zikr bilan jahriya (baland tovushli) zikrga barobar amal qilgan. Xoja Ali Romitaniy (Xoja−i Azizon)ga ustozlik qilgan.
Vafoti
tahrirTug‘ilgan qishlog‘ida 1286-yilda dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara mustaqillik davrida taʼmirlangan.
Adabiyotlar
tahrir- Islom Ensiklopediyasi(2004-yil). Toshkent: O'zbekiton milliy ensiklopediyasi, 2004.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |