Anna Olmatinskaya
Anna Vladimirovna (tugʻilgan sanasi 1882-yil 31-dekabr (ba’zi manbalarda 1883-yil 13-yanvar deb keltirilgan) — 1973-yil 30-avgust, Toshkent) — rus, sovet yozuvchisi, tarjimon. "Olma-ota" - uning adabiy taxallusi hisoblanadi. Qizlik familiyasi - Drjeviskaya, turmush oʻrtogʻiniki - Pankratiyev.
Tarjimai hol
tahrirAnna Vladimirovna Toshkent proletar yozuvchilar uyushmasi (TPYOU) asoschilaridan biri edi. U 1902-yildan boshlab ijod qila boshladi.
Olmaotaning eng mashhur asari – “Zulm” (uchta kitob) romani u qariyb chorak asr davomida[1] yozilgan, birinchi nashrida inqilobdan avvalgi Turkiston hayotining yorqin tasvirini ifodalagan boʻlsa, keyingilarida Oʻrta Osiyoda 1905-1907 va 1917-yillardagi inqilobiy voqealarni gavdalantirgan.
A.Olmatinskaya birinchi Turkiston adabiy-badiiy almanaxi «Dasht saroblari» (1914) muharriri boʻlib, unda uning bir qancha she’rlari nashr etilgan.
Anna “Yoʻl yoqasidagi oʻtlar” she’riy va nasriy toʻplami (1927), “Quyoshga qasam”, “Oʻlimni yengib” (N.M.Mahmudova bilan hammualliflikda) hikoyalari va “Oʻtmish xotiralari” kitobi muallifi hamdir. (1971).
Shuningdek, A.Olmatinskaya oʻzbek adiblari, jumladan, Asqad Muxtor, Said Nazir va boshqalarning asarlarini oʻzbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan.
A.Olmatinskaya Toshkentda yashab, vafot etgan. U Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlar
tahrir- 1959-yil 18-martda Mehnat Qizil Bayroq ordeni
- 1972-yil 29-dekabrda sovet adabiyoti sohasidagi xizmatlari uchun va tavalludining toʻqson yilligi munosabati bilan “Shon-sharaf belgisi” ordeni bilan ham taqdirlangan[2]
Manbalar
tahrir- ↑ Роман вышел в свет вышел в 1957—1960 годах.
- ↑ Указ Президиума Верховного Совета СССР от 29 декабря 1972 года № 3739 «О награждении писательницы Алматинской А. В. орденом «Знак Почёта»