Anorboy Xoʻjaboyev

oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, dotsent.

Anorboy Rustamovich Xoʻjaboyev (1941-yil, Angren, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, dotsent.

Anorboy Rustamovich Xoʻjaboyev
Tavalludi 1941-yil
Angren, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi kimyo fanlari doktori
Ilmiy unvoni dotsent

Biografiyasi tahrir

Anorboy Xoʻjaboyev 1941-yilda Angren shahri yaqinidagi Qorabogʻ qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1960—1963-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1963—1967-yillarda Toshkent politexnika instituti mexanika fakultetida tahsil olgan. 1967—1969-yillarda Toshkent elektromexanika texnikumi oʻqituvchisi, 1969—1971-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti aspiranti, 1976—1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi, dotsent, kafedra mudiri, pedagogika fakulteti dekani, katta ilmiy xodim, 1996—1998-yillarda respublika hunar taʼlimi ilmiy tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, 1998—2005-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha hamda maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha oʻrinbosari, 2004—2018-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida loyiha rahbari, boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat olib borgan. 2018-yildan Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti katta ilmiy xodimi[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

1974-yilda „Paxta terish apparati shpindelining geometrik parametrlarini optimallashtirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1992-yilda „Mehnat taʼlimi oʻqituvchilarini tayyorlashda oʻquv — uslubiy majmuani ilmiy-pedagogik asoslari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 170 ga yaqin ilmiy, uslubiy maqolalar muallifi. Rossiya pedagogika fanlari akademiyasi akademigi (2004)[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE