Anthony Kelvin Stewart (talaffuzi: Entoni Kelvin Styuart) (1992-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Anthony Stewart Shotlandiya Premer-ligasi vakili „Aberdeen“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Anthony Stewart
Stewart 2014-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anthony Kelvin Stewart[1]
Tavallud sanasi 18-sentyabr 1992-yil (1992-09-18) (31 yosh)
Tavallud joyi Brixton, Angliya[2]
Boʻyi 1.78 m[3]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Aberdeen
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Wycombe Wanderers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Wycombe Wanderers 56 (4)
2014Crewe Alexandra (ijara) 2 (0)
2014—2015 Crewe Alexandra 8 (0)
2015—2022 Wycombe Wanderers 197 (8)
2022 Aberdeen 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 21-sentyabr uchun)

Faoliyati tahrir

Anthony Stewart „Wycombe Wanderers“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. 2011-yilda Anthony Stewart klub bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolashga muvaffaq boʻlgan.

Anthony Stewart klub safidagi idebyut oʻyinini 2012-yil 14-yanvarda „Preston North End“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan[4]. Shundan soʻng Anthony Stewart oʻzining navbatdagi oʻyinini „Stevenage“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻtkazgan. Keyin Anthony Stewart „Carlisle“ futbol klubi bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda ham maydonga tushgan. Anthony Stewartning asosiy jamoa oʻyinchisi sifatida paydo boʻlishi Birinchi liga jamoalari „Charlton“, „Colchester“ va „Stevenage“ futbol klublari tomonidan qiziqish bildirilgan vaqtga toʻgʻri kelgan[5].

Anthony Stewart 2014-yil noyabr oyida „Crewe Alexandra“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshilgan[6]. 2015-yilning yanvarida Anthony Stewart „Crewe“ klubi bilan mavsum oxirigacha amal qiladigan qisqa muddatli shartnoma imzolagan[7].

2015-yil 26-iyunda, 2014—2015-yilgi mavsum oxirida „Crewe“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Anthony Stewart yana ikki yillik shartnoma asosida „Wycombe Wanderers“ futbol klubi safga qoʻshilgan[8]. 2020-yil 13-iyul kuni Anthony Stewart „Wycombe Wanderers“ klubi uchun birinchi golni Wembley stadionida „Oxford United“ futbol klubiga qarshi EFL Birinchi liga pley-off finali bahsidagi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻlgan[9].

2022-yil 22-iyun kuni Anthony Stewart Shotlandiya Premer-ligasi vakili "Aberdeen" futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan[10]. 2022-yil 8-iyulda „Aberdeen“ klubi menejeri Jim Goodwin Anthony Stewart klub sardori lavozimini egallashini eʼlon qilgan[11].

Statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil 21-sentyabr holatiga ko'ra;
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Wycombe Wanderers 2011—2012 Birinchi liga 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
2012—2013 Ikkinchi liga 19 1 1 0 1 0 1 0 22 1
2013—2014 33 3 3 0 1 0 2 1 39 4
Wycombe 56 4 4 0 2 0 3 1 65 5
Crewe Alexandra 2014—2015 Birinchi liga 10 0 0 0 0 0 0 0 10 0
Crewe 10 0 0 0 0 0 0 0 10 0
Wycombe Wanderers 2015—2016 Ikkinchi liga 27 1 3 0 1 0 0 0 31 1
2016—2017 31 1 4 1 1 0 5 1 41 3
2017—2018 17 1 2 0 0 0 3 0 22 1
2018—2019 Birinchi liga 17 0 0 0 1 1 1 0 19 1
2019—2020 34 2 2 1 1 0 0 0 37 3
2020—2021 Chempionat 32 1 0 0 1 0 0 0 33 1
2021—2022 Birinchi liga 39 2 1 0 2 0 0 0 42 2
Wycombe 197 8 12 2 7 1 9 1 225 12
Aberdeen 2022—2023 Shotlandiya Premer ligasi 7 0 0 0 5 0 0 0 12 0
Jami 270 12 16 2 14 1 12 2 312 17

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Wycombe Wanderers“. English Football League. Qaraldi: 28-oktabr 2019-yil.
  2. Sky Sports Football Yearbook 2012–2013, 43rd, London: Headline, 2012 — 557 bet. ISBN 978-0-7553-6356-8. 
  3. „Anthony Stewart“. wycombewanderers.co.uk. Wycombe Wanderers F.C.. 22-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2020-yil.
  4. „Preston 3–2 Wycombe“. BBC Sport (14-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2012-yil.
  5. „Interest in Chairboys youngster“. Sky Sports (4-aprel 2012-yil). Qaraldi: 6-aprel 2012-yil.
  6. „Anthony Stewart: Crewe sign Wycombe defender on loan“. BBC Sport (27-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 5-dekabr 2014-yil.
  7. „Anthony Stewart: Wycombe defender completes Crewe move“. BBC Sport (6-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 6-fevral 2015-yil.
  8. „Anthony Stewart returns to the club“. Wycombe Wanderers (26-iyun 2015-yil). Qaraldi: 26-iyun 2015-yil.
  9. „Chairboys promoted to the Championship“. Wycombe Wanderers (15-iyul 2020-yil). Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
  10. „Experienced defender signs pre-contract with the Dons“. afc.co.uk. Aberdeen FC (21-iyun 2022-yil). Qaraldi: 22-iyun 2022-yil.
  11. „Anthony Stewart Named as New Dons Captain“ (8-iyul 2022-yil).